Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiyada yonilg‘i bilan bog‘liq vaziyatga tezkor reaksiya bildirishga chaqirdi
Rossiya prezidenti benzin va dizel yonilg‘isi narxlarining o‘sishi davom etayotganiga e’tibor qaratdi.

Foto: kremlin.ru
Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga kompaniyalar yonilg‘i bozoridagi narxlar bilan bog‘liq vaziyat uchun o‘z javobgarligini tushunishi uchun ular bilan ishlashni kuchaytirishni topshirdi.
«Biz nima uchun bu sodir bo‘layotganini bilamiz. Neft narxi bilan bog‘liq holda ham bilganmiz, ular keyin nima bo‘lishini tushunib yetdi, bu birinchi marta emas. Narxlar ko‘tarilmoqda, kompaniyalar [yonilg‘i] jo‘natish orqali maksimal foyda olishni xohlaydi. Hammasi tushunarli. Ular o‘z ishini qiladi, biz esa o‘zimiznikini, hukumat boshqa ishni bajarishi kerak», — dedi Putin vazirlar mahkamasi a’zolari bilan uchrashuvda.
Rossiya prezidenti benzin va dizel yonilg‘isi narxlarining o‘sishi davom etayotganiga e’tibor qaratdi. «Shuning uchun biz [vazirlar mahkamasi tomonidan] taklif etilayotgan chora-tadbirlar samara berishiga umid qilamiz, ammo kompaniyalar ham o‘z mas’uliyatini tushunishi uchun ular bilan yaqinroq ishlashimiz kerak», — dedi Putin.
Kompaniyalarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish kerak, lekin ular hozirgi voqealarga tezroq reaksiya bildirishi lozim, deya xulosa qildi u.
Bundan tashqari, Putin sanksiyalarga iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga kengroq erkinliklar berish orqali javob qaytarish mumkinligini qayd etdi.
O‘z navbatida, bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak Rossiya hukumati neft mahsulotlari eksporti uchun bojni olib sotarlarga bir tonnaga 20 ming rubldan 50 ming rublgacha oshirishni taklif qilayotganini aytdi.
«Ikkinchidan: chayqovchilarning ichki bozordan yonilg‘i olib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun xufiyona eksportni cheklash, bu, birinchi navbatda, neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi bo‘lmagan, lekin ularni eksport uchun sotib olgan olib sotarlar uchun bojlarni oshirishga tegishli. Biz himoya bojini joriy qilamiz, uni 20 ming rubldan 50 ming rublgacha oshiramiz», — dedi Novak Rossiya prezidenti Vladimir Putinning vazirlar mahkamasi a’zolari bilan uchrashuvida.
Bosh vazir o‘rinbosari ichki bozorda xarid qilingan neft mahsulotlarini eksport qilishni butunlay taqiqlash mumkin, deb hisoblashini ta’kidladi.
21 sentabr kuni Rossiya hukumati ichki bozorni barqarorlashtirish maqsadida benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy qildi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

20:48 / 13.07.2025
Sankt-Peterburgda migrantlar temir panjaralar orasida yotishga majbur bo‘layotganiga izoh berildi

18:58 / 13.07.2025
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urush vaqtida Rossiyaga 12 milliondan ortiq snaryad yetkazib berdi

23:38 / 12.07.2025
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa

21:38 / 12.07.2025