Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi: yadroviy xavf sovuq urush davridan beri eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Antoniu Guterrish tinch kelajak garovi - yadroviy tahdidni bartaraf etishda, deb hisoblaydi.

Foto: Michael M. Santiago/Getty Images
Geosiyosiy ishonchsizlik va raqobat yadroviy xavfni sovuq urushdan beri kuzatilmagan eng yuqori darajaga oshirdi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish 26 sentabrda nishonlangan Xalqaro yadro qurolini butunlay yo‘q qilish kuni munosabati bilan yo‘llagan murojaatida aytib o‘tdi.
BMT rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yadro qurolidan foydalanish, tarqatish va sinovdan o‘tkazishning oldini olish bo‘yicha o‘nlab yillar davomida katta qiyinchilik bilan erishilgan yutuqlar endi orqaga qaytarilmoqda.
«Ushbu muhim kunda biz yadro qurolidan xoli dunyoga va undan foydalanish olib keladigan humanitar falokatning oldini olishga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz», dedi bosh kotib.
Bu, Guterrishning fikricha, yadro quroliga ega davlatlar qurolsizlanish bo‘yicha o‘z vazifasini bajarib, hech qachon hech qanday sharoitda yadro qurolidan foydalanmaslik majburiyatini olib, namuna ko‘rsatishi kerakligini anglatadi.
Bu shuningdek, dedi u, yadroviy qurolsizlanish va tarqatmaslik rejimini, jumladan, Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma va Yadro qurolini taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma doirasida mustahkamlab qo‘yishni ham bildiradi.
Guterrish Yadroviy sinovlarni to‘liq taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomani hali ratifikatsiya qilmagan barcha davlatlarni buni zudlik bilan amalga oshirishga, yadroviy qurolga ega davlatlarni esa barcha yadroviy sinovlarga moratoriy joriy etishga chaqirdi.
«Yadroviy xavfni bartaraf etishning yagona yo‘li - yadroviy qurolni yo‘q qilish», deb yakunladi Antonio Guterres o‘z murojaatini. - Keling, bu falokat vositasi faqat tarix kitoblarida o‘z o‘rnini egallashi uchun birgalikda harakat qilaylik».
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

11:15 / 16.07.2025
BMT Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

11:06 / 14.07.2025
BMT: Isroilning G‘azoga insonparvarlik yordamini bloklashi hayot uchun xavf tug‘dirmoqda

08:15 / 14.07.2025
BMT qarorgohida Falastin bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

13:45 / 11.07.2025