Kanada parlamentida janjal: spiker Entoni Rota iste’foga chiqadi 

Jahon 23:50 / 26.09.2023 7585

98 yoshli Yaroslav Xunka 22 sentabr kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tashrifi chog‘ida Entoni Rota tomonidan Kanada parlamentiga taklif qilindi. Rota Xunkaning qahramon ekanini e’lon qildi, shundan so‘ng zaldagilar uni gulduros qarsaklar bilan kutib olishdi. 

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, II jahon urushi yillarida Yaroslav Xunka (ismining ukraincha yozilishi Yaroslav Gunko) natsistlar qo‘mondonligi ostida tuzilgan Ukraina ko‘ngilli harbiy bo‘linmasi - «Galichina» SS diviziyasi safida xizmat qilgan. Polsha tarixchilari ma’lumotiga ko‘ra, 1944 yil 28 fevralda «Galichina» polki Ukraina yordamchi politsiyasi bilan birgalikda Polshaning Guta Penyatska qishlog‘i aholisini qirib tashlagan. 500 dan ortiq tinch aholi qurbon bo‘lgan. 

Nyurnberg tribunalining qaroriga ko‘ra, SS a’zolari bo‘lgan barcha shaxslar harbiy jinoyatchilar hisoblanadi. 

O‘z navbatida, Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bu hodisani parlament va barcha kanadaliklar uchun «juda sharmandali» deb atadi, lekin Rotani iste’foga chiqishga chaqirmadi.  

25 sentabr kuni Entoni Rota Xunka taklif etilgani bilan bog‘liq voqea uchun uzr so‘radi. «Keyinchalik men bunday qarorimdan afsuslanishga sabab bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlardan xabardor bo‘ldim», deyiladi uning bayonotida.  

Shu bilan birga, Rotaning ta’kidlashicha, Ukraina delegatsiyasi ham, uning hamkasblari ham Xunka taklif etilishi haqida oldindan bilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: