Zaporijjya AES reaktorini sovutish uchun quduqlarni burg‘ulash yakunlandi - AEXA

Jahon 01:06 / 24.09.2023 10262

Atom energetikasi xalqaro agentligi (AEXA) bosh direktori Rafael Grossi so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi Zaporijjya AES reaktorlarini sovutish uchun zarur bo‘lgan yer osti suvlarini qazib olish uchun o‘nta quduqni burg‘ulash ishlari yakunlangan.

Shunday qilib, Rossiya qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol qilingan stansiyada, joriy yil iyun oyida Kaxovka GES to‘g‘oni vayron bo‘lishidan keyin sovutish baklarida suv yetishmasligi muammosi vaqtincha hal qilindi.

Endi suv baklari oltita reaktorni sovutish uchun zarur bo‘lgan 200 kub metrdan ortiq suv va ishlatilgan yoqilg‘ini qabul qilishi mumkin.

AEXA ekspertlari, shuningdek, Zaporijjya AES va uning atrofidagi hududni tekshirishni davom ettirmoqda. Ular ta’kidlaganidek, stansiya atrofida og‘ir qurollar kuzatilmagan. Biroq, AES hududida ilgari topilgan piyodalarga qarshi minalar o‘z joyida qolmoqda.

AEXA ta’kidlaganidek, xavotirning sabablaridan biri stansiyada malakali kadrlarning sezilarli darajada yetishmasligi bo‘lib qolmoqda, chunki ko‘plab xodimlar qurolli mojaro boshlanishi bilan uni tark etishgan.

Ko‘proq yangiliklar: