Rossiya Ukrainaning hududiy yaxlitligini hurmat qiladi - Lavrov

Jahon 01:11 / 24.09.2023 33055

Rossiya 1991 yilgi Mustaqillik deklaratsiyasiga ko‘ra, Ukrainaning hududiy yaxlitligini hurmat qiladi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni uchun hujjatning asosiy bandi Ukrainaning har qanday harbiy ittifoqlarga qo‘shilishdan bosh tortishi bo‘lgan.

«Deklaratsiyada juda ko‘p yaxshi narsalar bor, jumladan, ular milliy ozchiliklar huquqlarini hurmat qilishi, rus tili va boshqa tillarning huquqlarini hurmat qilishi, unda rus tili to‘g‘ridan-to‘g‘ri tilga olingan. Keyin bularning barchasi Ukraina Konstitutsiyasiga kiritildi», dedi Lavrov.

Vazir, shuningdek, BMT Nizomi asosida suveren davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar tamoyillari deklaratsiyasini ham eslatib o‘tdi, unda xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi tamoyilini hurmat qilish bandi ham mavjud.

«Ukrainaning hududiy yaxlitligi bilan bog‘liq muammolarimiz yo‘q, uni davlat to‘ntarishini amalga oshirganlar va qo‘llab-quvvatlaganlar yo‘q qildi, ularning rahbarlari o‘z xalqiga qarshi urush e’lon qilib, o‘z xalqini bombardimon qila boshladi», dedi vazir.

Avvalroq, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya-Ukraina urushi uchun «tinchlik formulasi»ni taklif qilar ekan, Rossiya qo‘shinlarini olib chiqib ketishi va Ukrainaning 1991 yilgi chegaralari doirasida hududiy yaxlitligini tiklash shartligini ta’kidlagan edi.

Rossiya bu rejani rad etdi, chunki reja «qo‘shib olingan hududlarni» Rossiyaniki deb tan olmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: