O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi diplomatik missiyasini yakunlayapti

O‘zbekiston 14:53 / 23.09.2023 6025

Malayziya Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan ushbu mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov bilan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Malayziya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muhammad bin Alamin  tashabbusi bilan tashkil etilgan  uchrashuvda Malayziya O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi muhim siyosiy va savdo-iqtisodiy hamkor sifatida ko‘rishini va Toshkent bilan hamkorlikning barcha jabhalarini yanada kengaytirish tarafdori ekani qayd etildi.

Suhbat chog‘ida yuqori va oliy darajadagi siyosiy muloqotni faollashtirish, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi o‘zaro aloqalarni diversifikatsiya qilish, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muhammad bin Alamin elchiga so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni jadal sur’atlarda rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

Tomonlar yuqoridagi yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha mavjud salohiyatni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni muhokama qilish maqsadida diplomatik aloqalarni davom ettirishga kelishib oldi.

Ravshan Usmanov 2018 yildan buyon O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasini boshqarib kelmoqda. Unga qadar diplomat mamlakatning Fransiyadagi elchisi, shuningdek, Italiya va Portugaliyadagi o‘rindoshlik asosidagi elchi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Ilgariroq Ravshan Usmonov  TIVning Yevropa davlatlari va NATO bilan hamkorlik bo‘yicha boshqarmasini boshqargan.

Ko‘proq yangiliklar: