2023 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu davlatdan 6,5 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib olingan.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan 4,2 mlrd dollarlik mahsulot olib kelingan Rossiya va 1,9 mlrd dollarlik tovarlar xarid qilingan Qozog‘iston joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
Koreya – 1,5 mlrd;
Turkiya – 1,2 mlrd;
Germaniya – 652 mln;
Braziliya – 499 mln;
Turkmaniston – 399 mln;
Hindiston – 376 mln;
Litva – 372 mln AQSh dollari.
O‘z navbatida, 2023 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti – 8,3 mlrd dollar.
Keyingi o‘rinlardan savdo aylanmasi mos ravishda 6,2 mlrd hamda 2,9 mlrd dollarni tashkil qilgan Rossiya va Qozog‘iston joy oldi.