Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuzda allergik kasalliklar kuchayishiga ta’sir qiladigan omillar aytildi
Salqin kunlar boshlagach, zamburug‘ sporalarining yomg‘irdan keyin havoga yuqori konsentratsiyada ko‘tarilishi natijasida zamburug‘ga nisbatan allergik holatlarning og‘ir formalari uchraydi.

Foto: AP
Mavsumiy allergiya nafaqat bahor va yoz mavsumi, balki kuz faslida ham kuzatiladi. Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori Ilmira Razikova ularni sanab o‘tdi.
«Agar sentabr, oktyabr, noyabr oylari ham nisbatan issiq kelib, yog‘ingarchik bo‘lmasa, o‘simlik changchalari o‘z allergik xususiyatini saqlab qoladi. Salqin kunlar boshlagach, zamburug‘ sporalarining yomg‘irdan keyin havoga yuqori konsentratsiyada ko‘tarilishi natijasida zamburug‘ga nisbatan allergik holatlarning og‘ir formalari uchraydi. Bundan tashqari, uy changi va it, mushuk singari hayvonlar juni ham simptomlarni keltirib chiqaruvchi muhim allergenlar hisoblanadi. Kuz oylarida zamburug‘ sporalari eng ko‘p uchraydigan manba — daraxt va butalardan to‘kilgan yaproqlardir. Bundan tashqari, allergenlar zax yoki mog‘orlagan xonalar hamda yerto‘lalarda ham kuzatiladi», dedi mutaxassis.
Qayd qilinishicha, buning oldini olish uchun xonadon hovlisi yoki bog‘ va ayvonlarni, qolaversa, tarnov va mo‘rilarni to‘kilgan barglardan tozalash zarur. Qolaversa, hammom va oshxonani mog‘orlardan xoli tutish tavsiya etiladi. Shuningdek, xona ichidagi namlik darajasini kamaytirib, uni 25-50 foizgacha saqlash muhim.
Shifokor so‘zlariga ko‘ra, salqin ob-havo muhiti uy changlarining ko‘payishi uchun ham qulay. Bunday sharoitda allergenlar konsentratsiyasi ortib, allergik rinit, kon’yunktivit yoki astma belgilari kuchayadi. Bu, ayniqsa, yaxshi isimaydigan va zax xonalarda ko‘proq kuzatiladi.
«Allergiyani qo‘zg‘atuvchi yana bir manba — uy ichidagi chang to‘plovchi jihoz va anjomlar — gilam va to‘shamalar, yostiqlar, devor qoplamalari, yumshoq mebellar va o‘yinchoqlar hamda kitoblardir. Mavsumiy allergiyaga moyil odamlarning taxminan yarmi uy hayvonlari junidan aziyat chekadi. Bunday vaziyatda allergik reaksiyalardan butunlay xoli bo‘lish imkonsiz. Biroq xonalarni tez-tez tozalash va shamollatib turish orqali simptomlarni kamaytirish mumkin», dedi shifokor.
Allergiya belgilari kuzatilgan bemorlar o‘z vaqtida mutaxassisga murojaat qilishi tavsiya etiladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Marg‘ilonda Gentra ko‘chada o‘ynab o‘tirgan yosh bolani bosib ketdi
O‘zbekiston | 14:18
-
Tramp o‘zining Ukrainaga ilk harbiy yordamini tayyorlamoqda
Jahon | 12:59
-
Dunyodagi eng qimmatbahosi. Hermès aktrisa Jyeyn Birkin uchun tayyorlagan sumka 10 mln dollarga sotildi
Jahon | 12:14
-
Qozog‘istonda o‘ta xavfli kasallik, 10 yillik vizadan mahrum qirg‘izlar va ruslarga berilmaydigan pasport
Jahon | 12:14
Mavzuga oid

22:23 / 17.05.2025
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi

09:32 / 26.04.2025
Shifokor gazli ichimlik suyaklar va qon tomirlari uchun zararli ekanini aytdi

21:21 / 06.04.2025
Allergiya belgilarini yengillashtirishga yordam beradigan tabiiy modda aniqlandi

16:45 / 10.03.2025