Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektr taqsimlash tizimini raqamlashtirish uchun 275 mln dollar qarz jalb qilinadi
O‘zbekiston bo‘ylab 26 ta elektr taqsimlash podstansiyasini raqamlashtirish uchun Osiyo taraqqiyot banki 200 mln dollar, Fransiya taraqqiyot agentligi esa 70 mln yevro ajratadi.

Foto: Xorazm hududiy elektr tarmoqlari korxonasi
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekiston energiya taqsimlash tizimini modernizatsiya qilish va raqamlashtirish uchun 200 mln dollar pul ajratadi. Bu haqda OTB rasmiy saytida xabar berildi.
“Taqsimlash tarmog‘ini raqamli transformatsiya qilish va barqarorligini oshirish” loyihasi doirasida respublika hududlaridagi 26 ta taqsimlovchi podstansiyalar raqamli podstansiyalarga, jumladan, dispetcher nazorati va ma’lumotlarni yig‘ish (SCADA) tizimiga modernizatsiya qilinadi.
“O‘zbekistonning eskirib qolgan taqsimlash tarmog‘ini modernizatsiya qilish mamlakatning uzoq muddatli yashil va kam uglerodli strategiyasi uchun muhim ahamiyatga ega, – dedi OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha Bosh direktori Yevgeniy Jukov. – Biz nafaqat energiya xizmatlari sifatini yaxshilash, balki issiqxona gazlari chiqindilarining ko‘payishiga olib keladigan elektr energiya yo‘qotishlarini kamaytirish orqali toza energiyaga o‘tishni osonlashtiradigan ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz”.
Prognozlarga ko‘ra, O‘zbekistonda energiyaga bo‘lgan talab 2019 yildagi 67 TWh'dan 2030 yilda 120,8 TWh'gacha oshishi kutilmoqda. Hukumat 2030 yilga qadar mavjud 12,9 GW quvvatga qo‘shimcha ravishda 17 GW miqdorda elektr energiyasi ishlab chiqarish salohiyatini qurishni, jumladan, 8 GW quvvatga ega qayta tiklanadigan energiya loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
“Ushbu loyiha O‘zbekistonga mamlakatning ortib borayotgan talabini qondirish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha energiyani ishonchli yetkazib berish imkonini beradi, – dedi OTBning Energetika bo‘yicha bosh mutaxassisi Sun Dak Kim. – Shuningdek, yetkazish va taqsimlash tizimlarini modernizatsiya qilish, aqlli va moslashuvchan tizimlar quyosh va shamol kabi qayta tiklanadigan energiya manbalarining o‘zgaruvchanligini yaxshiroq boshqarish imkonini berishini hisobga olsak, mamlakatga qayta tiklanadigan energiyani tarmoqqa ko‘proq integratsiya qilish imkonini beradi”.
Shuningdek, Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) O‘zbekistonga qisman OTB tomonidan boshqariladigan 70 mln yevro (taxminan 75 mln AQSh dollari) miqdorida qo‘shma moliyalashtirishni taqdim etadi.
Ma’lumot uchun, OTB 1966 yilda tashkil etilgan va uning a’zolari soni 68 ta, shundan 49 tasi Osiyo-Tinch okeani mintaqasida joylashgan. O‘zbekiston tashkilotga 1995 yilda a’zo bo‘lgan. Bugungi kunga qadar bank tomonidan mamlakatga 10,8 milliard dollar miqdorida qarzlar, grantlar va texnik ko‘mak taqdim etilgan.
Avvalroq, OTB O‘zbekistonga iqtisodiy boshqaruvni yaxshilash uchun 150 mln dollar, “O‘zbekistonda shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasini amalga oshirish uchun 59 mln dollar, inson kapitalini rivojlantirish uchun 93 mln dollar, yettita viloyat: Buxoro, Farg‘ona, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Navoiy va Toshkentdagi umumiy uzunligi 359 km bo‘lgan 12ta elektr uzatish liniyalarini qayta ta’minlash uchun 125 mln dollar qarz berishi xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston fuqarolari Turkiyaning Mersin viloyatida ishga joylashtiriladi
Jamiyat | 08:20
-
Putin tashkilotlarni «ekstremistik» deb tan olishni soddalashtirdi
Jahon | 08:01
-
Pistorius AQShdan Patriot'ni almashtirish bo‘yicha majburiyat kutmoqda
Jahon | 07:40
-
Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash tartibi ishlab chiqildi
O‘zbekiston | 07:37
Mavzuga oid

15:21 / 12.07.2025
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

14:40 / 20.06.2025
O‘zbekistonda tashqi qarz olish limitlariga rioya qilish kerak – XVJ

09:02 / 04.06.2025
Jamshid Qo‘chqorov – energotariflar oshishi, iqtisodiy o‘sish va tashqi qarzlar haqida

15:02 / 27.05.2025