Jamoat joylarida ibodat libosida yurganlik uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilinadi
Shu bilan birga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab bir toifa fuqarolarni boshqa toifa fuqarolardan ustunligini yoki nuqsonli ekanligini targ‘ib qilganlik uchun javobgarlik belgilanadi.

Foto: Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati
Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasida «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun muhokama qilindi.
Qonunda milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab bir toifa fuqarolarni boshqa toifa fuqarolardan ustunligini yoki nuqsonli ekanligini targ‘ib qilganlik, nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirganlik, ko‘p xotinli bo‘lishni targ‘ib qilganlik, jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilganlik uchun tegishli javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan-ochiq inkor etganlik hamda fuqarolarni milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab kamsitganlik hamda diniy tashkilot tomonidan o‘zining ustavida nazarda tutilmagan faoliyat bilan shug‘ullanganlik uchun ham javobgarlik belgilanmoqda.
Qonun bilan fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurganlik uchun belgilangan ma’muriy javobgarlik bekor qilinmoqda.
Muhokamalar jarayonida ushbu qonunning qabul qilinishi natijasida jamiyatda millatlararo totuvlikni, diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlashga, dunyoviy qadriyatlarni saqlab qolishga hamda xotin-qizlarning huquqlarini ishonchli himoya qilishga erishilishi qayd etildi.
Ushbu qonun bo‘yicha ekspertlar tomonidan tayyorlangan tavsiyalar Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga taqdim etilgan.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jahon chempionatida munosib ishtirok etasiz, deb ishonaman - Shavkat Mirziyoyev Osiyo chempionlarini tabrikladi
Sport | 11:57
-
Toshkentda sudya mast holatda mashina olib qochgani aytilmoqda
Jamiyat | 11:55
-
Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni O‘zbekistonga tashrif buyuradi
O‘zbekiston | 11:51
-
Hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi
O‘zbekiston | 10:59
Mavzuga oid

14:12 / 19.04.2025
Ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtiriladi

14:42 / 05.03.2025
Reklama qonunchiligini buzgan 30 dan ortiq korxona jarimaga tortildi

16:11 / 16.01.2025
Senatda bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati muhokama qilindi

14:24 / 09.12.2024