Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada to‘y korteji uyushtirgan 16 yigit 15 sutkaga qamaldi
Yozyovon tumanida to‘y korteji uyushtirib, jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan 16 nafar yigit 15 sutkaga qamaldi.
Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida to‘y kortejida qatnashgan 16 nafar qoidabuzarlarga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabarida «bir guruh yigitlar to‘y korteji uyushtirib, yo‘l harakati qoidalarini buzgani» aytilgan.
Aniqlik kiritilishicha, tumanning «Mustaqillik» ko‘chasida 10 dan ortiq avtomashinalarda yo‘l harakati qoidalariga amal qilmay harakatlangan yigitlar boshqa transport vositalarining erkin harakatlanishiga xalal bergan va jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan.
«Qonunga bo‘ysunmasdan, guruh bo‘lib harakatlanib, qoidalarni buzdik. Qilgan ishimizdan pushaymonmiz. Boshqa qaytarilmaydi», deydi unda qatnashganlardan biri.
Sud jami 16 nafar yigitning har biriga 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinladi. Mashinalar jarima maydoniga qo‘yildi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp va’da qilgan Patriot tizimlaridan birinchisi Ukrainaga yetib keldi
Jahon | 19:40
-
«Yo‘q, bu bino besh yil avval qurilgan» - AQSh Markaziy banki rahbari Trampni «tuzatdi»
Jahon | 19:39
-
Kasb egallash uchun internet orqali bepul videodarslar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 19:31
-
“KAMAZ” savdodagi pasayish sabab 4 kunlik ish haftasiga o‘tmoqda
Biznes | 19:23
Mavzuga oid

15:01
Farg‘onada ommaviy bezorilik uyushtirgan Otabek Vallomov 6,5 yilga qamaldi

12:14 / 22.07.2025
Farg‘ona viloyatida "Nexia-3" jarlikka ag‘darilib ketdi, 18 yoshli bola halok bo‘ldi

19:02 / 15.07.2025
“Vahshiylik shu darajada bo‘ladimi?..” - zaharli dori sabab vodiyda asalarilar qirilib bitmoqda

13:34 / 05.07.2025