Cerberus O‘zbekistonga investitsiya kiritishni rejalashtiryapti

O‘zbekiston 07:28 / 19.09.2023 3170

Nyu-York shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Cerberus kompaniyasi vitse-prezidenti Brayan Xuk bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Aktivlari qiymati 60 milliard dollardan ziyod bo‘lgan global investitsiya korporatsiyasi kommunikatsiyalar tarmog‘i, foydali qazilmalarni qazib chiqarish, transport va energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish loyihalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar yo‘naltirishni rejalashtirgan.

Vitse-prezident Brayan Xuk ilk hamkorlik loyihalari joriy yilning oxiriga qadar boshlanishini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: