AQSh kompaniyasi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarini moliyalashtiradi

O‘zbekiston 07:33 / 19.09.2023 3545

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda Oppenheimer investitsiya kompaniyasi boshqaruvchi direktori Jon Tonelli bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Aktivlari qiymati 36 milliard dollar bo‘lgan ushbu yirik investitsiya bankining sarmoyasini jalb qilgan holda mamlakatda loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Jon Tonelli mamlakatda sanoat quvvatlarini tashkil etish va modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik loyihalarga xususiy investitsiyalarni jalb qilish yuzasidan kelishuvlar erishilganini qayd etdi.

Birinchi bosqichda to‘qimachilik klasterlari, qurilish materiallari sanoati korxonalarini rivojlantirish, Toshkent shahri infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga investitsiya yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

Prezident ushbu rejalarni ma’qullab, mutasaddilarga tez fursatda amaliy ishlarni boshlashga topshiriq berdi.

Ko‘proq yangiliklar: