O‘zbekistonda koronavirusning «Pirola» shtammi aniqlanmadi - Sanepidqo‘mita

O‘zbekiston 18:40 / 18.09.2023 5402

Ijtimoiy tarmoqlarda dunyoning qator davlatlarida koronavirusning «Pirola» nomli yangi shtammi keng tarqalayotgani, mazkur mutatsiya Isroil, Kanada, Daniya, Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika, Shvetsiya, Norvegiya, Shveytsariya, AQSh va Tailandda ro‘yxatga olingani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shu vaqtgacha mamlakatimizda va qo‘shni davlatlarda koronavirusning ushbu shtammi bilan kasallanganlar qayd etilmagan, deb xabar berdi Saniyatariya-epidemiologiya qo‘mitasi.

«Hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q, mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligicha saqlanmoqda», deyiladi xabarda.

Sanepidqo‘mita Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida virus genomini o‘rganish (sekvenlash) bo‘yicha o‘tkazilgan so‘ngi tahlillar natijasiga ko‘ra, O‘zbekistonda kasallanganlarning 100 foizida «omikron» shtammining turli variantlari borligi aniqlangan.

Avvalroq, koronavirusning yangi, «Pirola» varianti ilgari aniqlangan «Omikron» variantiga nisbatan bir qator qo‘shimcha mutatsiyalarga egaligi va ancha yuqumliroq ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo uning og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarishi haqida ma’lumotlar yo‘q.

Shu bilan birga, «Omikron» varianti uchun maxsus yaratilgan vaksinalar kasallikning og‘ir shakllarini va shifoxonaga yotqizishlar sonini kamaytirishda samarali ekani aniqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: