O‘zbekiston hududiga nam va salqin ob-havo massalari kirib keladi 

O‘zbekiston 11:49 / 18.09.2023 17667

Ertaga O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan nam va salqin ob-havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha havo bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, faqat janubda va Farg‘ona vodiysida quruq ob-havo saqlanib turadi. 

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda. Havo harorati biroz pasayadi, kunduz kuni +26...+28 darajani tashkil etadi.

20 oktyabr, chorshanba kuni markaziy va sharqiy viloyatlar bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘yicha yana quruq havo kuzatiladi, faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

20-22 sentabr kunlari havo haroratining pasayishi davom etadi va kunduz kunlari +23...+25 darajadan yuqori bo‘lmaydi. Kechalari va ertalabki soatlarda havo ancha salqinlashadi, harorat +11...+16 daraja atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda 18-19 sentabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 19 sentabrda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat +26...+29 daraja bo‘ladi.

20 sentabrda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21-22 sentabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +13...+15 darajagacha, kunduzi +23...+25 darajagacha pasayadi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 19 sentabrda 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: