Endi paxta narxi erkin bozor tamoyillari asosida belgilanadi

O‘zbekiston 14:16 / 17.09.2023 23090

Ushbu o‘zgarishlarga 2023 yil 26 yanvarda «Paxta xomashyosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori asos qilib keltirilgan.

Xabarda aytilishicha, paxta xomashyosining narxi bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq, har bir hududda o‘sha hududdagi yerning holati, paxta yetishtirishga yo‘naltirilgan sarf-xarajatlar, bozordagi talab va taklifdan kelib chiqib, bevosita oluvchi va sotuvchi tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida belgilanadi.

Fermer-dehqonga o‘zi yetishtirgan paxta xomashyosini xaridor bilan o‘zaro kelishilgan narxda sotish erkinligi beriladi. Paxta yetishtiriladigan maydonlarni nasos orqali sug‘orishda sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizgacha qismi davlat budjetidan qoplab beriladi.

Xabarda urug‘lik, mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i-moylash materiallari va o‘simliklarni himoya qilish vositalari klasterlar tomonidan fermer xo‘jaliklariga ustama qo‘llamasdan, o‘tgan yilga nisbatan 15-20 foiz past narxlarda yetkazib berilgani paxta yetishtirish xarajatlarini kamaytirish uchun yana bir imkoniyat bo‘lgani aytiladi.

Vazirlik vakiliga ko‘ra, joriy yilda paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari tomonidan 5 mingdan ortiq yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlari xarid qilinishi natijasida 48 foiz maydonda chigit yuqori unumli zamonaviy pnevmatik seyalkalarda ekilgan va 15 ming tonna urug‘lik chigit (24 mlrd so‘mdan ortiq) va 5 ming tonna dizel yoqilg‘isi (qariyb 50 mlrd so‘m) tejalgan.

Respublika bo‘yicha tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan paxta maydonlar qariyb 300 ming gektarga yetkazilishi natijasida g‘o‘zani sug‘orish ishlarida 1,5 mlrd kub metrga yaqin suv resurslari, 50 ming tonnadan ortiq mineral o‘g‘it (qariyb 200 mlrd so‘m) va 10 ming tonnaga yaqin yoqilg‘i moylash materiallari (90 mlrd so‘mdan ortiq) iqtisod qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: