Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya Ukraina g‘allasini import qilish bo‘yicha taqiqni uzaytirmadi
Bryussel Ukrainadan kelayotgan g‘alla endi qo‘shni mamlakatlar bozorlariga xalaqit bermaydi, deb hisobladi. Polsha bunga rozi emas va endi o‘z embargosini joriy qilmoqda.

Foto: Reuters
Yevropa komissiyasi 15 sentabr, juma kuni tegishli chora-tadbirlar muddati tugagandan so‘ng, Ukrainadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importiga cheklovlarni uzaytirmadi. Bu haqda Yevrokomissiya saytida xabar berildi.
YeK maxsus muvofiqlashtirish platformasi ishi va joriy yil may oyida joriy etilgan vaqtinchalik chora-tadbirlar tufayli Ukraina g‘allasining besh qo‘shni davlat bozoriga ta’siri yo‘qolganini va Yevropa Ittifoqidan tashqari uchinchi mamlakatlarga eksportni yo‘lga qo‘yish mumkinligini ta’kidladi.
Ukraina, shuningdek, qo‘shni mamlakatlarda narxlar oshishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 30 kun ichida eksportni litsenziyalash tizimi kabi qo‘shimcha chora-tadbirlarni joriy etishga rozi bo‘ldi. Bundan tashqari, Kiyev to‘rt toifadagi tovarlar eksportini alohida nazorat qilishi kerak. «Yevropa komissiyasi Ukraina tomonidan samarali choralar ko‘rilayotgan ekan, har qanday cheklovlarni joriy qilishdan tiyiladi», deya ma’lum qildi Bryussel.
Ukrainaga qo‘shni davlatlar embargo muddatini uzaytirish tarafdori
Rossiya harbiy harakatlari va keyinchalik Qora dengizning harbiy blokadasi tufayli Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini dengiz orqali eksport qilish cheklandi. Natijada quruqlik orqali katta hajmlar olib o‘tildi. Ukraina bilan chegaradosh Bolgariya, Vengriya, Polsha, Ruminiya va Slovakiyada bu ortiqcha mahsulot yig‘ilib qolishi hamda tovarlar narxining pasayishiga olib keldi. Beshta davlat Ukrainadan g‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib kirishni vaqtincha taqiqladi.
Keyinchalik, Yevropa komissiyasi Ukrainadan bug‘doy, makkajo‘xori, kungaboqar urug‘ini 5 iyungacha, keyin esa 15 sentabrgacha yetkazib berishga embargo qo‘yishga rozi bo‘lgach, ular bu choralarni bekor qildi. Endi bu embargo bekor bo‘ldi.
Polsha Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importi bo‘yicha o‘z taqiqini joriy qiladi
Varshava bir necha bor Yevropa Ittifoqi darajasidagi cheklovlarni olib tashlashga qarshi chiqdi va bu holatda o‘z embargosini joriy etishi bilan tahdid qildi. Ukraina Yevropa Ittifoqidan Polsha va boshqa Sharqiy Yevropa davlatlari orqali quruqlikda g‘alla eksport qilish imkonini beruvchi «birdamlik yo‘laklari»ni ochiq saqlashni so‘radi. Fransiya, Germaniya va Ispaniya Kiyevning pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlab, savdo cheklovlari YeI ichki bozori yaxlitligi va Yevropaning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlariga putur yetkazadi, deya ma’lum qildi.
Bosh vazir Mateush Moravetskiy Yevropa komissiyasining qaroridan saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida xabar topdi va Varshava o‘z taqiqini joriy etishini tasdiqladi. «Men ular (Yevropa komissiyasi) taqiqni uzaytirishini xohlardim, lekin ular buni qilmadi. Bilasizmi, biz hozir nima qilamiz? Biz ularning kelishmovchiligiga qaramay, Yevropaning roziligi yo‘qligiga qaramay, bu taqiqni uzaytiramiz. Ukraina g‘allasini olib kirishga qo‘yilgan taqiqni uzaytiramiz. Berlin, fon der Lyayyen, Tusk yoki Veberning gaplariga quloq solmaymiz, chunki bu polshalik fermerning manfaatlariga mos keladi», — dedi Polsha hukumati rahbari.
Vengriya ham xuddi shunday taqiqni joriy qildi, deb xabar beradi AFP.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

21:32 / 14.07.2025
Zelenskiy iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenkoga Ukraina bosh vaziri lavozimini taklif qildi

15:14 / 14.07.2025
Ukrainadagi urushda 66 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi – BBC

14:43 / 14.07.2025
AQSh senatori Grem: Ukrainadagi urush burilish nuqtasiga yaqinlashmoqda

13:55 / 14.07.2025