1 oktyabrdan kuchga kiradigan yoqilg‘i-energetika resurslarining yangi tariflari tasdiqlandi

O‘zbekiston 12:16 / 16.09.2023 40255

“Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Yoqilg‘i-energetika resurslarining 2023 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradigan narxlari tasdiqlandi. Aholi uchun tariflar o‘zgarishsiz qoldi.

Elektr energiyasi tariflari OKMK, NKMK, “O‘zmetkombinat” va budjet tashkilotlariga 1 kVt soat 1 000 so‘m, boshqa tashkilotlarga 900 so‘m deb belgilandi.

Tabiiy gaz tariflari esa OKMK, NKMK, “O‘zmetkombinat” va budjet tashkilotlariga 1 kub metr uchun 1 800 so‘m, boshqa tashkilotlar uchun 1 500 so‘m bo‘lishi taklif etilgan.

Aholi uchun elektr energiyasi (295 so‘m), tabiiy gaz (380 so‘m) va suyultirilgan gaz (1120 so‘m) tariflari amaldagi narxlarda o‘zgarishsiz qoldi.

Ko‘proq yangiliklar: