Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kambag‘allikka tushish xavfi mavjud 4,5 mln aholining daromadi oshiriladi
Mehnat qobiliyatini ishga solish orqali 3 million nafar yoshlar kambag‘allikdan chiqariladi.
«O‘zbekiston – 2030» strategiyasida mamlakatda kambag‘allik darajasini keskin qisqartirish masalasi bo‘yicha alohida chora-tadbirlar belgilandi.
2023 yilning so‘nggiga qadar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xitoylik mutaxassislar va xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda 2024-2030 yillarga mo‘ljallangan kambag‘allikni qisqartish bo‘yicha strategiyani ishlab chiqadi.
2026 yilga qadar kambag‘allik 2 barobarga, 2030 yilga qadar esa keskin qisqartiriladi. Kambag‘allikka tushish xavfi mavjud 4,5 million aholi daromadini oshiriladi.
Mehnat qobiliyatini ishga solish orqali 3 million nafar yoshlar kambag‘allikdan chiqariladi. Ijtimoiy sheriklik asosida 500 ming malakali mutaxassis tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi va bunga har yili kamida 1 milliard dollar yo‘naltiriladi.
Har bir viloyatda kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan bittadan jami 14 ta tumanni kambag‘allikdan chiqarish va kompleks rivojlantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlanadi.
Tanlab olingan 14 ta tumanni Xitoy tajribasi asosida, shu jumladan yangi yondashuvlar, innovatsion va «yashil» texnologiyalar hamda boshqaruvning zamonaviy usullarini qo‘llagan holda kambag‘allikdan chiqarish usullari amaliyotga joriy etiladi.
Yangi moliyaviy instrumentlar joriy etish orqali kambag‘al aholining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilib, imtiyozli kredit va subsidiyalar berish tizimi takomillashtiriladi.
Ehtiyojmand aholining tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qulay shartlarda qo‘llab-quvvatlash maqsadida raqamli «Mikromoliya» tashkiloti tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kim Chen In Amerikaga qarshi urushda g‘alaba qozonishni va’da qildi
Jahon | 21:36
-
Britaniya tashqi ishlar vaziri G‘azoda gumanitar tanaffus e’lon qilinishini “kech tashlangan qadam” deb atadi
Jahon | 21:32
-
Zelenskiy Putin bilan uchrashuvining asosiy shartini aytdi
Jahon | 20:49
-
Makron Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytirishga va’da berdi
Jahon | 20:30
Mavzuga oid

10:23 / 12.06.2025
Jahon iqtisodiyotini 2008 yildan beri eng sekin o‘sish kutmoqda - Jahon banki

15:54 / 04.06.2025
O‘zbekistonda kredit olganlarning 40 foizi oylik daromadining yarmidan ko‘pini kredit to‘lashga sarflamoqda

11:02 / 03.06.2025
Chet eldan olingan pul o‘tkazmasi soliqqa tortiladimi?

11:37 / 31.05.2025