iPhone 15 Pro sotib olish uchun kim qancha ishlashi kerakligi hisoblab ko‘rildi
Tadqiqotlarga ko‘ra, turkiyaliklar bunga 124 kun sarflasa, shveysariyaliklarga 5 kun ishlash kifoya.
Rossiyaning Picodi nashri tahlilchilari iPhone 15 Pro smartfoni mintaqaviy narxlarini turli hududlardagi o‘rtacha ish haqi bilan taqqoslab ko‘rishdi. Natijada, ushbu mamlakatlar aholisi yangi smartfon uchun qancha kun ishlashi kerakligini aniqlashdi.
Avvalroq, iPhone 15 Pro narxi 999 dollardan boshlanishi e’lon qilingandi.
Tadqiqotga ko‘ra, Apple kompaniyasining yangi smartfonini sotib olish uchun turkiyaliklar 124 kun ishlashi lozim bo‘ladi. Filippin aholisi bunga 80 kunlik, braziliyaliklar esa 67 kunlik maoshini sarflashiga to‘g‘ri keladi. Rossiyada bu ko‘rsatkich 47 kunga yaqin. Xitoy aholisi 24 kun mehnat qilishi lozim.

Rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich yanada kichikroq: yangi iPhone 15 Pro sotib olish uchun yaponiyaliklar 13 kun, germaniyaliklar 10 kun, singapurliklar va avstraliyaliklar 7 kun sarflaydi.
AQSh aholisi Apple kompaniyasining yangi smartfonini sotib olish uchun 6 kun mehnat qiladigan bo‘lsa, Shveytsariya aholisi atigi 5 kun ishlashi kifoya.
Mavzuga oid

17:43
Apple buklanuvchan va ikki ekranli Apple Watch uchun patent oldi

11:39 / 19.03.2025
Germaniya sudi Apple ustidan monopoliyaga qarshi qat’iy nazoratga ruxsat berdi

16:59 / 15.03.2025
Apple super-premium iPhone 17 Ultra smartfonini chiqaradi

20:55 / 14.03.2025