Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTB O‘zbekistonga inson kapitalini rivojlantirish uchun pul ajratadi
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga inson kapitalini rivojlantirish uchun 93 mln dollar pul ajratadi. Mablag‘lar sanoat tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish, yoshlar va ish bilan band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltiriladi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning Inson resurslarini rivojlantirish sektori rahbari Ayako Inagaki boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda mamlakatda inson kapitalini rivojlantirish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, yangi tashabbuslarni amalga oshirish borasida muzokaralar olib borilgan.
Shuningdek, “Zamonaviy iqtisodiyot uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida tuzilgan 93 mln dollar miqdoridagi bitim ijrosini amalga oshirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.


“Mazkur loyiha qurilish, to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, agrobiznes va oziq-ovqat sanoati, texnika va uskunalarga xizmat ko‘rsatish kabi tarmoqlarda malakali ishchi kuchi sifatida inson resurslarini rivojlantiradi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 125 mln dollar qarz berishi xabar qilingandi. Ushbu mablag‘lar yettita viloyat: Buxoro, Farg‘ona, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Navoiy va Toshkentdagi umumiy uzunligi 359 km bo‘lgan 12ta elektr uzatish liniyalarini qayta ta’minlash, shuningdek, Fayzobod, Obihayot, Zafar va Zarafshondagi 220 kilovoltli to‘rtta kichik stansiyani rekonstruksiya qilish uchun ishlatiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston OTBga 1995 yilda a’zo bo‘lgan bo‘lib, o‘shandan beri bank mamlakatga 11 milliard dollar yaqin miqdorida qarz, grant va texnik ko‘mak ajratgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Air India Boeing 787 halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi
Jahon | 19:30
-
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urush vaqtida Rossiyaga 12 milliondan ortiq snaryad yetkazib berdi
Jahon | 18:58
-
SpaceX Isroilga tegishli aloqa sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi
Jahon | 18:49
-
Isroilning G‘azoga zarbasi oqibatida suv uchun navbatda turgan bolalar halok bo‘ldi
Jahon | 18:31
Mavzuga oid

08:52 / 12.05.2025
O‘zbekistonda OTB ishtirokida 23 ta yangi loyiha amalga oshiriladi

14:43 / 20.12.2024
OTB O‘zbekistonda maktabgacha ta’limni yaxshilashga ko‘maklashadi

15:43 / 20.11.2024
OTB O‘zbekistonning iqlimga moslashish islohotlari uchun 250 mln dollar ajratdi

21:15 / 08.10.2024