O‘zbekistonda aholiga tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish borasida islohotlar amalga oshiriladi.
"O‘zbekiston — 2030" strategiyasiga ko‘ra, buning natijasida 350 ming nafar diabet va 1,5 million yurak-qon tomir kasalligi bor bemorlar davolash bilan to‘liq qamrab olinadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida aytilishicha, bu davrda tibbiy yordamga muhtoj aholining 70 foiz murojaatlarini birlamchi bo‘g‘inning o‘zida hal qilishni yo‘lga qo‘yish maqsad qilingan.
Shuningdek, 2030 yilgacha mamlakat bo‘ylab gemodializ o‘rin-joylari bilan bemorlar to‘liq qamrab olinishi rejalashtirilgan.