Osiyo kubogi U23 barcha ishtirokchilari ma’lum: Eron yo‘llanmadan quruq qoldi

Sport 02:10 / 13.09.2023 22376

Osiyo kubogi U23 saralash bosqichi yakunlariga ko‘ra, 2024 yilning aprel-may oylarida Qatarda bo‘lib o‘tadigan musobaqaning final bosqichida ishtirok etadigan 16 jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.

E’tiborlisi, mezbon Qatar, 11ta guruh g‘olibi va 2-o‘rinlar orasida eng yaxshi natijaga ega 4 jamoa orasida so‘nggi soniyalargacha bo‘lib turgan Eron olimpiya jamoasi musobaqaning 16-ishtirokchisi bo‘la olmadi. 

Forslar 2-o‘rindagi eng yaxshi natijaga ega jamoalar orasida Malayziya bilan bir xil natija qayd etgach, reglamentga ko‘ra, jamoalarning sariq kartochkalari sarhisob qilindi va intizomsizlik Eronga pand berdi. Forslar 3 o‘yinda 9 marta ogohlantirilgan, Malayziyada esa 4ta sariq kartochka bor edi. Bu ustunlik Malayziyaga so‘nggi 16-yo‘llanmani taqdim etdi va forslar alamli tarzda final bosqichiga chiqa olishmadi.

Osiyo kubogi U23 turnirga yo‘l olgan 16 jamoa bilan tanishing:

Ko‘proq yangiliklar: