Veolia Energy Tashkent isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasi bo‘ylab tarmoq quvurlarini o‘tkazish ishlarini boshladi.
Ta’mirlash ishlari davomida 10 sentabrdan 5 oktyabrgacha Muqimiy ko‘chasi qisman to‘sib qo‘yiladi. Quvurlarni ko‘chirishdan tashqari (har birining diametri 700 mm va umumiy uzunligi 1 km), zulfinlar va ba’zi uskunalar ham almashtiriladi.
Ish iste’molchilarga issiq suv ta’minotini cheklamasdan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, 11-15 sentabr kunlari «Toshkent IEM» («IES» AJ filiali) rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari doirasida Veolia Energy Tashkent kompaniyasiga issiq suv berishni to‘xtatgan.
Shu tariqa, 11-15 sentabr kunlari Muqimiy ko‘chasida issiq suvning yo‘qligi «Toshkent IEM»ning rejali to‘xtashi bilan bog‘liq bo‘ladi.