Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshkent-Markaziy» temiryo‘l vokzalidan aksariyat poyezdlar harakati to‘xtatiladi
Poyezdlar qatnovi «Toshkent-Janubiy» temiryo‘l vokzalidan amalga oshiriladi. Yo‘lovchilar uchun «Toshkent-Janubiy» temiryo‘l vokzaliga olib boradigan bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari
15 sentabrdan 15 oktyabrgacha «Toshkent-Markaziy» (Shimoliy) temiryo‘l vokzalidan harakatlanib kelayotgan aksariyat poyezdlar qatnovi «Toshkent-Janubiy» temiryo‘l vokzalidan amalga oshiriladi. Bunga «To‘qimachi» hamda «Toshkent-yo‘lovchi» temiryo‘l bekatlari oralig‘idagi temiryo‘lda texnik ta’mirlash ishlari olib borilishi sabab sifatida ko‘rsatilgan. Bu haqda «O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ xabar berdi.
Jumladan, bir oy mobaynida yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdi, «Sharq» (Toshkent–Buxoro– oshkent), «Nasaf» (Toshkent–Qarshi–Toshkent), «O‘zbekiston» (Toshkent–Andijon–Toshkent), hamda xalqaro yo‘nalishlardagi «Toshkent–Volgograd–Toshkent», «Dushanbe–Toshkent–Dushanbe» yo‘lovchi poyezdi «Toshkent-Janubiy» temiryo‘l vokzali hududidan reyslarini amalga oshiradi.
Shu bilan birga, «Olmaota–Toshkent–Olmaota», «Toshkent–Novosibirsk–Toshkent», «Toshkent–Samara–Toshkent» yo‘nalishida harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlar hamda «Toshkent–Xojikent–Toshkent» shaharlararo poyezdlaridan tashqari, «Toshkent-Markaziy» temiryo‘l vokzalidan qatnovini amalga oshirib kelayotgan barcha yo‘lovchi poyezdlar 15 sentabrdan 15 oktyabrgacha «Toshkent-Janubiy» temiryo‘l vokzaldan o‘z harakatini boshlaydi.
Shuningdek, «Toshkent-Markaziy» temiryo‘l vokzalidagi chiptaxonalardan poyezd jo‘nashidan oldin chipta xarid qilgan yoki yanglishib «Toshkent-Markaziy» vokzaliga kelib qolgan yo‘lovchilarni «Toshkent-Janubiy» temiryo‘l vokzaliga olib borish uchun vaqtincha bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mo‘ynoqdagi konda gaz sizib chiqishi ro‘y berdi
O‘zbekiston | 11:35
-
Isroil BMTning gumanitar yordamini G‘azoga yetkazish uchun yo‘laklar ochishga va’da bermoqda
Jahon | 09:57
-
“Yangi loyihalarda Eron va Rossiyaning ishtiroki kamayib, turkiylarning ahamiyati ortib boryapti” – siyosatshunos
Jahon | 09:02
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
Mavzuga oid

20:49 / 27.03.2025
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» tanqid ortidan poyezdlarda sanitariya nazorati kuchaytirilishini e’lon qildi

22:20 / 02.12.2024
«Toshkent - Xojikent» yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd qo‘yiladi

18:34 / 07.10.2024
«Afrosiyob» tezyurar poyezdlari qatnovi jadvali o‘zgartirildi

20:08 / 25.09.2024