Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jalolov, Do‘smatov, Mo‘ydinxo‘jayev – O‘zbekiston milliy jamoasining Osiyo o‘yinlari uchun tarkibi e’lon qilindi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasining Osiyo O‘yinlarida ishtirok etadigan erkaklar va ayollar jamoalari tarkibi e’lon qilindi.

23 sentabr – 8 oktabr kunlari Xitoyning Hanchjou shahrida XIX Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladi. Musobaqa dasturidan boks bo‘yicha bellashuvlar ham o‘rin olgan. Mazkur o‘yinlar Parij Olimpiadasiga litsenziya berishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
O‘zbekiston boks federatsiyasida rahbariyat, milliy jamoalar bosh murabbiylari va murabbiylar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda Hanchjoudagi musobaqada qatnashadigan bokschilarimiz nomi ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, boks bo‘yicha milliy jamoamiz Osiyo O‘yinlarida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
Erkaklar:
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov
-57 kg: Abdumalik Xalokov
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev
-71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
-80 kg: To‘rabek Xabibullayev
-92 kg: Lazizbek Mullojonov
+92 kg: Bahodir Jalolov
Bosh murabbiy: To‘lqin Qilichev
Katta murabbiylar: Steyners Tissert Xuan Enrike, Rahmatjon Ro‘zioxunov
Murabbiylar: Li Echeveriya Xulio, Farrux Qilichev, Morales Montero Xesus Alberto, Akmal Hasanov, Davron Gafurov, Ziyatdinbek Toygonboyev, Yergali Yarashov.
Shifokor: Komiljon Rasulov.
Ayollar jamoasi:
-50 kg: Sabina Boboqulova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-57 kg: Sitora Turdibekova
-60 kg: Rayhona Qodirova
-66 kg: Navbahor Hamidova
-75 kg: Aziza Zokirova
Bosh murabbiy: Elshod Rasulov
Murabbiylar: Timur Axbayev, Anna Sidorova, Islom Tojiboyev.
Menejyer: Zohidxo‘ja Adhamxo‘jayev.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Defitsit qisqargan, gaz va oltin sotish ko‘paydi – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
Iqtisodiyot | 20:22
-
HAMAS G‘azo bo‘yicha kelishuvning joriy matnini rad etdi va tuzatishlarni taklif qildi
Jahon | 20:17
-
Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston | 20:11
-
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03
Mavzuga oid

08:21 / 20.07.2025
Usik Dyubuani chuqur nokautga tushirdi

11:56 / 07.07.2025
Navbahor Hamidova jahon kubogida g‘olib chiqqan ilk o‘zbekistonlik ayol bokschi bo‘ldi

22:13 / 20.06.2025
Yaponiyalik bokschi chempionlik unvoni uchun jangdan so‘ng xotirasini yo‘qotdi

10:48 / 31.05.2025