Suv bosgan shaharlar va oqib ketgan avtomobillar: Turkiya, Gretsiya va Bolgariyada kuchli suv toshqinlari
Gretsiyaning materik qismi, shuningdek, Turkiya va Bolgariyada «Daniel» bo‘roni olib kelgan kuchli yomg‘irlar tufayli boshlangan kuchli suv toshqinlari davom etmoqda.

Gretsiyada suv toshqini oqibatlari. Foto: REUTERS
Gretsiyada suv toshqini oqibatida kamida uch kishi halok bo‘lgan, Bolgariyaning Qora dengiz sohilidagi hududlarida to‘rt kishi vafot etgan, Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari soni yetti nafarni tashkil etmoqda.
O‘tgan yozda Yevropaning janubiy qismi bir qancha ekstremal ob-havo hodisalarini boshdan kechirdi, jumladan rekord darajadagi jazirama va yong‘inlarni.
Ekstremal ob-havo sharoitlari keng tarqalishida iqlim o‘zgarishining rolini o‘rganayotgan, dunyo bo‘ylab turli mamlakatlardan bo‘lgan olimlarni jamlagan World Weather Attribution tadqiqoti mualliflari hisoblashicha, inson omili bo‘lmaganida, bu yozdagi voqealarni juda noyob holat sifatida hisoblash mumkin edi.

Asal oyini Gretsiyada o‘tkazish uchun Avstriyadan kelgan juftlik kuchli toshqin ular yashayotgan uyni yuvib ketganidan keyin bedarak yo‘qolgan.
Favqulodda xizmatlar xodimi BBC bilan suhbatda bu odamlarni qidirish ishlari davom etayotganini xabar qilgan. Uy egasining so‘zlariga ko‘ra, yoshlar yomg‘irdan qochib uyga kirgan, ammo uy sathi ko‘tarilgan suv ostida qolgan.

Gretsiyalik qutqaruvchilar mamlakat markaziy qismidagi chekka qishloqlarda yashovchi aholiga yetib borishga urinmoqda, bu hududlarga bir kun ichida bir yillik yog‘ingarchilik tushgan.

Gretsiya fuqarolik muhofazasi vaziri Vasilis Kikilias chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shtormni «misli ko‘rilmagan hodisa» deb baholadi.

Foto: SAKIS MITROLIDIS

Foto: GETTY IMAGES
Turkiyaning eng yirik shahri Istanbul ko‘chalarida ham suv avtomobillarni oqizib ketgan va odamlar mahalliy kutubxonada qamalib qolishgan.

Foto: YASIN AKGUL

Foto: DIA IMAGES

Foto: ANADOLU AGENCY

Foto: Cem Tekkesinoglu/Anadolu Agency via Getty Images


Foto: Sercan Ozkunazli/ dia images via Getty Images








Bolgariya hukumati qurbonlar haqida xabar bergan - bir ayol jasadi dengizga oqib ketgan.

Foto: YORDAN ZHEKOV

Foto: NIKOLAY DOYCHINOV
Mavzuga oid

13:48 / 10.03.2025
Istanbul shahridagi Bosh konsulxona Turkiyadagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

01:14 / 07.03.2025
Turkiya Gretsiya bilan chegarada birinchi marta devor quradi

19:18 / 06.03.2025
O‘jalanning chaqirig‘i: Bu Erdo‘g‘anning hokimiyatini uzaytiradimi?

16:59 / 06.03.2025