Toshkentning 3 tumanidagi ayrim hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Jamiyat 10:53 / 08.09.2023 12792

Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarining ba’zi mahalla va ko‘chalarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ro‘yxat:

Mirzo Ulug‘bek tumanida soat 10:00 dan 18:00 gacha: Uzumzor ko‘chasida qisman;

Shayxontohur tumanida soat 20:00 gacha: «Ming tepa» MFYda qisman; «Beltepa» MFYda qisman; «Shodlik» MFYda qisman; «Eski Jarariq» MFYda qisman; ushbu mahallalardagi 9- va 10-issiqlik markazlarida.

Yakkasaroy tumanida soat 11:00 dan 17:00 gacha: Bobur ko‘chasida qisman.

«Hududgaz Poytaxt» GTF noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: