Quyon go‘shti haqida 5 ta afsona: "Moya mechta" mashhur noto‘g‘ri tushunchalarga aniqlik kiritadi

Jamiyat 16:52 / 07.09.2023 63060

Material dunyodagi yirik quyonchilik klasteri "Moya mechta" agrokompleksi –bilan birgalikda tayyorlangan. Toshkent viloyatining ekologik toza zonasida joylashgan agroklasterda italiyalik mutaxassislar tomonidan ishlab chiqarilgan Yevropa sifat standartlariga javob beradigan ilg‘or texnologiyalardan foydalaniladi.

Afsona №1. "Quyon go‘shtini pishirish qiyin"  - bu yolg‘on

Aslida, oshpazlarning ta’kidlashicha, quyonni pishirish tovuq yoki kurka pishirishdan unchalik farq qilmaydi. Quyon go‘shtini pishirish oddiy bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadigan ko‘plab oshpazlarning retseptlari mavjud. Quyon go‘shtidan siz parhez uchun kotletlarni xam,  yoki ajoyib somsani ham, quyon go‘shti bilan noodatiy spring rollar kabi mazali taomlarni ham tayyorlashingiz mumkin.

Afsona №2. "Quyon go‘shtidan yomon hid keladi"- bu yolg‘on.

Hid haqidagi afsona "keksa" uy quyonlari ko‘pincha bozorlarda sotilganligi, ularni noqulay sharoitda va tegishli parvarishsiz saqlanganligi bilan bog‘liq. Shu sababli, go‘sht unchalik yoqimli bo‘lmagan hidga ega bo‘lishi mumkin.

Agar quyon qulay sharoitda saqlansa va 3-oydan kechiktirmay so‘yilsa, unda hid deyarli yo‘q.

Ta’mi pishirish usuliga va ishlatiladigan ziravorlarga bog‘liq. To‘g‘ri yondashuv bilan tayyorlangan quyon go‘shti  haqiqatan ham mazali bo‘lishi mumkin.

Afsona №3. "Tovuq go‘shti quyon go‘shtidan foydaliroq" – bu ham yolg‘on

Diyetologlarning fikriga ko‘ra, quyon go‘shti yog‘ miqdori, xolesterin, shuningdek kaloriya va hazm bo‘lish jihatidan tovuq go‘shtidan yaxshiroqdir. Bundan tashqari qo‘y va mol go‘shtidan bir necha baravar foydaliroq.

Masalan, qo‘y go‘shtidan olingan oqsil atigi 64% ga so‘riladi, ya’ni bu foydali moddaning taxminan yarmi isrof qilinadi degani. Quyon go‘shti esa aksincha, oqsillarni hazm qilish bo‘yicha ijobiy yetakchi bo‘lib, 94% dan ortiq hazm qilinadi. Bu shuni anglatadiki, quyon go‘shti tarkibidagi deyarli barcha oqsillar organizm tomonidan ishlatiladi - ya’ni quyon go‘shti bolalar va sportchilar uchun foydali hisoblanadi.

Afsona №4: “Quyon go‘shti homilador ayollar va sog‘lig‘ida muammolari bo‘lgan odamlar uchun to‘g‘ri kelmaydi”- bu ham to‘g‘ri emas

Quyon go‘shtining vitamin va minerallarga boy tarkibi uni boshqa go‘sht turlari orasida chempion qiladi. Shunday qilib, quyon go‘shtida B vitaminlari kompleksi, 19 ta aminokislotalar, ko‘plab temir, fosfor va kobalt, marganets, ftor va kaliy mavjud. Shu bilan birga, quyon go‘shtida natriy tuzlarida miqdori juda ham kam, ya’ni quyon go‘shti mutlaqo parhez mahsulotdir. Quyon go‘shti hatto qattiq diyetalarda ham ruxsat etiladi, u homilador ayollarga ham, emizikli onalarga ham to‘g‘ri keladi.

Quyon go‘shti allergiyaga olib kelmaydi. U ko‘plab kasalliklar, jumladan diabet, onkologiya yoki oshqozon-ichak muammolari bor insonlarga, kichkintoylar va qariyalar uchun eng kerakli mahsulot sifatida buyuriladi.

Quyon go‘shtida uglevodlar mavjud emas, qondagi glyukoza darajasini oshirmaydi va 2-toifa diabet rivojlanishiga olib kelmaydi. Tadqiqotlar shuni isbotladiki, quyon go‘shtidagi uglevodlarning kamligi, tanadagi "yaxshi" xolesterin darajasini oshiradi.

Temir tananing o‘sishi va rivojlanishi uchun zarurdir. Ushbu mineral suyaklarni himoya qiladi va tananing tabiiy funksiyalarini boshqaradigan hujayralar ishini tartibga soladi. Temir tanqisligi, anemiya, surunkali charchoq va qizil qon tanachalarining yetarli darajada ishlab chiqarilmasligi kabi muammolarni oldini olish uchun tarkibida temir ko‘p bo‘lgan quyon go‘shtini iste’mol qilish kerak.

Afsona №5. "Quyon go‘shti halol emas" - noto‘g‘ri

Halqimiz orasida quyon go‘shti halol emas degan afsona bor. Islom quyon go‘shtini iste’mol qilishni taqiqlamaydi, shuning uchun uni halol deb atash mumkin. "Moya mechta" quyon go‘shti World Halal Trust sertifikatini oldi.

Quyon go‘shti salomatlikni qo‘llab-quvvatlovchi foydali minerallar va vitaminlarning qimmatli manbaidir. "Moya mechta" quyon go‘shti halol standartlarga qat’iy rioya qilgan holda ishlab chiqariladi va tegishli sertifikatga ega.

Sog‘ligingiz uchun yaxshisini tanlang — "Moya mechta" ishlab chiqaruvchisidan quyon go‘shtini o‘z ratsioningizga qo‘shing. Mahsulotlar Korzinka supermarketlar tarmog‘ida taqdim etilgan va onlayn buyurtma berish uchun ham mavjud.

 Telefon: +998-78-113-88-44, +998-88-033-38-51

Web sayt | Telegram | Instagram

 
Ko‘proq yangiliklar: