Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Farg‘onada elektrobus ishlab chiqarish loyihacini amalga oshirmoqchi
Xitoy kompaniyalari Farg‘ona viloyatida elektrobus, elektromobillar uchun zaryadlovchi qurilmalar, quyosh panellari ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.

Foto: Dunyo AA
Farg‘ona viloyat hokimligida Xitoyning Dongfeng Motor, Luoyang Grasen Power Technology va Tunghsu Group kabi yirik kompaniyalari vakillaridan iborat investorlar delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida Farg‘ona viloyatida Xitoyning eng yirik avtokonserni Dongfeng Motor tomonidan amalga oshirish rejalashtirilayotgan Dongfeng elektrobuslarini ishlab chiqarish loyihasi, shuningdek, Luoyang Grasen Power Technology kompaniyasi tomonidan rejalashtirilayotgan elektromobillar uchun zaryadlovchi qurilmalar, Tunghsu Group tomonidan quyosh panellarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Dongfeng Motor tomonidan rejalashtirilayotgan loyihaning birinchi bosqichida 4 gektar maydonda 45 million AQSh dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya yo‘naltirish hisobiga elektrobuslarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilsa, 2025 yilda yana 50 million dollar investitsiya kiritish hisobiga amalga oshirish ko‘zda tutilayotgan ikkinchi bosqichda elektrotransportlar akkumulyatorlarini hamda boshqa butlovchi qismlarini mahalliylashtirish, shuningdek, hududlarda texnik servis xizmatlarini tashkil etish belgilangan.
Elektromobillar uchun zaryadlovchi qurilmalarni ishlab chiqarishda Xitoyning eng yirik kompaniyasi bo‘lgan Luoyang Grasen Power Technology kompaniyasi tomonidan rejalashtirilayotgan loyiha bo‘yicha kiritilishi ko‘zda tutilayotgan investitsiya hajmi 30 million dollarni tashkil etishi ko‘zda tutilgan.
Tunghsu Group kompaniyasi rahbarlari esa viloyatda quyosh panellari ishlab chiqarish loyihasiga 50 million dollar investitsiya yo‘naltirish maqsadida ekanliklarini ma’lum qilishdi. Ushbu loyihalar hozirgi muzokaralar holatida Furqat tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Rossiya konserva ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyani milliylashtirdi
Jahon | 11:55
-
O‘zbekistonda aholining suvdan qancha qarzi borligi aytildi
O‘zbekiston | 11:49
-
Buxoroda kadastr filiali bosh mutaxassisi ushlandi
Jamiyat | 11:22
Mavzuga oid

13:09 / 21.06.2025
O‘zbekiston Xitoydan 200 ta elektrobus sotib olishi mumkin

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025