Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlatga tegishli suv havzalari tadbirkorlarga E-auksion orqali ijaraga beriladi
1 oktyabrdan davlatga tegishli suv havzalari foydalanish sharti bilan qator faoliyat turlarini tashkil etish uchun elektron savdo platformasida onlayn-auksion orqali ijaraga beriladi.

Foto: Kun.uz
Hukumat qarori bilan davlatga tegishli suv havzalarini tadbirkorlik sub’yektlariga E-auksion elektron savdo platformasi orqali ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
2023 yil 1 oktyabrdan davlatga tegishli suv havzalari foydalanish sharti bilan quyidagi faoliyat turlarini tashkil etish uchun elektron savdo platformasida onlayn-auksion orqali ijaraga beriladi:
davlatga tegishli tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) – baliqni sanoat usulida yetishtirish va ovlash uchun;
tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) hamda daryo atrofidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari – suv bo‘yida plyaj zonalarini tashkil etish, sport-ishqibozlik turidagi baliq ovlash, baliq ovi, qayiqda suzish va suv sayohati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, baliq mahsulotlari, shu jumladan, baliq taomlari savdosi, umumiy ovqatlanish va boshqa turizm xizmatlarini tashkil etish hamda ushbu maqsadlarda yengil konstruksiyali qurilmalarni (o‘tov lagerlari majmuasi, konteynerlarni) joylashtirish uchun.
Tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) hamda daryo atrofidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga yengil konstruksiyali qurilmalarni o‘rnatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Nizom quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
- ijara shartnomalarining amal qilish muddati tugamagan tabiiy va sun’iy suv havzalariga;
- Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga;
- prezident yoki hukumat qarorlari asosida ijaraga berish belgilangan boshqa davlat mulklariga.
Suv havzasi (yer uchastkasi) kamida 10 yil muddatga, qo‘shimcha yana 10 yil muddatga uzaytirish huquqi bilan ochiq elektron onlayn-auksion savdosi orqali shartnoma asosida ijaraga beriladi.
Suv havzasini ijaraga berish yuzasidan tadbirkorlar tomonidan ijaraga beruvchiga tegishli takliflar berish yo‘li bilan tashabbus ko‘rsatilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

18:17 / 08.08.2025
Bandlik organi yuborgan shaxslarni ishga olmaganlik uchun javobgarlik bekor qilinadi

08:32 / 02.08.2025
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi

15:52 / 29.07.2025
Soliqchilar QQSni qaytarishda sovitkichdan olingan suvni ham puflab ichyapti - Qudbiyev

23:59 / 25.07.2025