Xorijlik o‘qituvchi: “O‘zbekistonda jamoat maktablariga oid loyihaning bir qismi ekanligimdan mamnunman”

Jamiyat 19:28 / 04.09.2023 16717

4 sentabrdan O‘zbekistondagi barcha maktablarda dars jarayonlari boshlandi. Kun.uz muxbiri yangi o‘quv yilining ilk kunida Toshkent shahridagi joylashgan 110-maktabdan reportaj tayyorladi.

“Joriy o‘quv yilidan boshlab bir qancha yangiliklar bo‘lyapti. Xorijlik 500 nafar “til egalari” olib kelinmoqda. Bu qilinayotgan barcha chora-tadbirlar ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan. Til egasi dars bersa, bolalarning o‘zlashtirishi oson bo‘ladi. Bundan tashqari tinglab tushunish, gapirish ko‘nikmalari rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shadi. Bu kelajakda o‘z mevasini beradi deb o‘ylayman ”, — dedi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi departamenti direktori Sardor Rajabov.

Maktabda dars berish uchun kelgan xorijlik o‘qituvchi Muhammad Ibrohim O‘zbekistonda dars berish uchun taklif etilganidan xursandligini bildirdi.

“O‘zbekistondagi jamoat maktablariga oid tashabbuskor loyihaning bir qismi ekanligimdan mamnunman. Xalq ta’limi sohasida hukumat bajarayotgan ishlarni yuqori baholayman. Yaqin 1 yil davomida biz bu yerda umumiy ingliz tilida so‘zlashuvga oid maxsus dasturni amalga oshiramiz”, — deydi Muhammad Ibrohim.

Ko‘proq yangiliklar: