Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Boku portining ombor infratuzilmasiga qiziqish bildirmoqda
Importchilar o‘g‘itlar omborini uzoq muddatga ijaraga olmoqchi yoki uning qurilishiga sarmoya kiritmoqchi.

Foto: vestikavkaza.ru
Finlyandiyaning nufuzli EastCham-Finland savdo palatasining eastcham.fi elektron axborot portalida «Boku porti O‘zbekistonda qiziqish tug‘dirmoqda» sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
«O‘zbekiston va Ozarboyjon Transkaspiy transport yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha faol muloqot olib bormoqda, - deyiladi nashrda. –Xususan, Boku portiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu port orqali 2022 yilda O‘zbekiston tashqi savdosiga tegishli 904 ming tonna yuk o‘tgan. O‘tgan yilga nisbatan hajm 65 foizga oshdi - o‘sish ayniqsa o‘g‘itlar va shakar xomashyosi kabi oziq-ovqat mahsulotlarida qayd etildi».
Maqolada qayd etilishicha, O‘zbekiston kompaniyalari Boku portining ombor infratuzilmasiga qiziqish bildirmoqda. Importchilar o‘g‘itlar omborini uzoq muddatga ijaraga olmoqchi yoki uning qurilishiga sarmoya kiritmoqchi. Hozirda ish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
«O‘rta yo‘lak» deb ataluvchi yo‘li bo‘ylab joylashgan mamlakatlar so‘nggi paytlarda transport yo‘nalishini yaxshilash maqsadida logistika narxlarini belgilash ustida ishlamoqda. Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Anadolu yarimorolini qamrab olgan CASCA+ kabi boshqa shunga o‘xshash yo‘nalishlar mintaqada mavjud», - deyiladi nashrda.
Nashrda ma’lum qilinishicha, yaqin kelajakda CASCA+ mamlakatlari va Xitoy temiryo‘l operatorlari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishi kutilmoqda.
«So‘nggi paytlarda Boku portida g‘alla va o‘g‘itlar logistikasiga alohida e’tibor qaratilib, port yaqinida «Olot» erkin savdo zonasi barpo etilmoqda», - deb yozadi fin elektron axborot portali.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25 / 01.08.2025
Mavzuga oid

12:06 / 29.07.2025
Shri-Lanka O‘zbekistonga o‘z portlaridan foydalanishni taklif qildi

15:56 / 02.07.2025
Bokuda ushlangan rossiyaliklar to‘rt oyga hibsga olindi

13:02 / 06.06.2025
O‘zbekiston Eron portiga sarmoya kiritib, maxsus terminal quradi

20:23 / 29.04.2025