Kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘zbekistonlik yosh mutaxassislar grantlar bilan qo‘llab-quvvatlanadi

Jamiyat 15:14 / 04.09.2023 10359

O‘zbekistondagi eng yirik xorijiy investor va soliq to‘lovchilardan biri Beeline Uzbekistan Astrum IT Academy hamkori sifatida professional o‘quv dasturini qo‘llab-quvvatlaydi. Dasturda ishtirok etish uchun saralash tanlovidan o‘tganlarga operator tomonidan umumiy qiymati 1 milliard 200 million so‘mlik 50 ta grant ajratiladi.

Astrum IT Academy kursi yangi boshlagan va axborot resurslarini himoya qilish bo‘yicha tajribali mutaxassislar uchun mos bo‘lgan modullardan iborat. Ular xakerlarning qanday ishlashini o‘rganadilar va kompyuter tizimlariga tashqi hujumlarga samarali qarshilik ko‘rsatish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar, shuningdek, PYTHON tilida dasturlashni o‘rganadilar. Nazariya o‘qish vaqtining taxminan 10% ini egallaydi, qolgan 90% esa — amaliyotdir. Kursni tugatgandan so‘ng, talabalar kiberxavfsizlik ilmiy birlashmasi sertifikatiga ega bo‘lishadi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: 18 yoshdan 30 yoshgacha, ingliz va rus tillarini bilish. Arizalar qabuli 4 sentabrda boshlanib, 22 sentabrda yakunlanadi. Eng yaxshi 50 nafar talabani tanlash maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi, uning tarkibiga Astrum IT Academy vakillari, digital-operatorning HR va CYBER Security guruhlari a’zolari kiradi. Trening 9 oktyabrdan 24 noyabrgacha davom etadi. Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga Beeline Uzbekistan'da amaliyot o‘tash va ishga joylashish imkoniyati taklif etiladi.

«O‘zbekiston iqtisodiyotining barcha jabhalarini qamrab olgan raqamli transformatsiya kompaniyalar va davlat muassasalarining raqamli aktivlarini samarali himoya qilishga qodir kadrlarni tayyorlash zarurligini ta’kidlaydi. Biz tomondan taqdim etilayotgan grantlar IT sohasida ishlayotgan eng faol va muvaffaqiyatga intiluvchan yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Ishonchim komilki, bu ularga yuqori professional muvaffaqiyatlarga erishishda yordam beradi», — deya sharhlaydi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andjyey Malinovski.

Yangi dastur o‘qituvchilari safiga ushbu sohada katta tajribaga ega bo‘lgan trenerlar kirgan:

  • Sergey Simonov — pentester va kiberxavfsizlik ilmiy assotsiatsiyasi o‘qituvchisi, Omedia kompaniyasida DevOps muhandisi;
  • Archil Shengelia — Cisco va CompTIA sertifikatlangan instruktori, Kavkaz universiteti negizida yaratilgan WMware, Microsoft va Fortinet rasmiy tarmoq akademiyalari menejyeri;
  • Maksim Yavich — Kavkaz universiteti professori, kiberxavfsizlik bo‘limi boshlig‘i, Kiberxavfsizlik ilmiy uyushmasi (SCSA) prezidenti;
  • Venera Ayubjanova – O‘zbekiston Respublikasi Kiberxavfsizlik markazi mutaxassisi.

«Bugungi kunda Akademiyada Data Science, Full Stack va Software Engineering kabi IT yo‘nalishlari bo‘yicha yiliga 1000 dan ortiq kichik mutaxassislar tayyorlanmoqda. Ishonchimiz komilki, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini raqamlashtirish har kuni to‘plangan va foydalaniladigan ma’lumotlar xavfsizligiga mos kelishi kerak. Shu bois Astrum treningga nafaqat xorijiy mutaxassislarni, balki ushbu sohadagi yetakchi kompaniyalarni ham jalb etishga qaror qildi. Biz Beeline Uzbekistan’ni mamlakatimiz uchun shunday muhim loyihada kutib olganimizdan chin dildan xursandmiz!» — deydi Astrum IT Academy asoschisi Botir Arifjonov.

Kurs yakunida talabalar axborot xavfsizligini hisobga olgan holda, kompyuter tarmoqlarini qurish, kibermakondagi tahdidlar va xakerlar, jumladan kiberrazvedka va ma’lumotlarni shifrlash haqida chuqur tushunchaga ega bo‘ladilar. Ular tizimlar va tashkilotlarning veb ilovalarida zaifliklarni qidirish va tahlil qilishni o‘rganadilar, kompyuter tizimlari va ilovalarini buzish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, talabalar axloqiy xakerlik va kibermakondagi qonuniy faoliyat haqida bilib olishadi. Shuningdek, ular ASTRUM HUB kibermashg‘ulot poligonining musobaqalari va konferensiyalarida hamda xalqaro maydonlarda BLUE va RED jamoalari tarkibida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish va grantga ariza berish uchun quyidagi havola orqali o‘ting: http://astrum.uz/cyber_security.

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan. 

Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

WebPage | Facebook | Instagram | Telegram | Twitter | LinkedIn

Ko‘proq yangiliklar: