Germaniyada 4 kunlik ish haftasi tajribadan o‘tkaziladi

Jamiyat 11:16 / 04.09.2023 14031

Germaniyada ish haftasini maosh saqlangan holda 4 kungacha qisqartirish tajribadan o‘tkaziladi. Tajribani Intraprenör konsalting kompaniyasi va Myunster universtiteti olimlari baholaydi.

Tadqiqotda 50 dan ortiq kompaniya ishtirok etishi kutilmoqda. Tashkilotlarga 1 sentabrdan qatnashish bo‘yicha ariza berish imkoniyati yaratilgan. 2024 yil 1 fevralidan boshlab qatnashchi kompaniyalar yarim yilga 4 kunlik ish haftasiga o‘tadi. Ishchilarning maoshi esa qisqarmaydi, saqlanib qoladi. 

Intraprenör kompaniyalarga maqbul ish vaqtini tanlashda yordam beradi. Barcha kompaniyalar va xodimlar uchun yagona ish modeli ko‘zda tutilmagan. 

Tadqiqotning ilk natijalari 2024 yil may oyida ma’lum bo‘ladi. Yakuniy xulosalar esa oktabr oyida e’lon qilinadi. Ushbu loyiha ishtirokchi kompaniyalar tomonidan moliyalashtiriladi. 

Tajribaning asosiy maqsadi haftasiga besh emas, to‘rt kun ishlayotgan xodimlar chindan ham o‘z hayotidan ko‘proq qoniqishi, o‘zini sog‘lom his qilishi, shifokorlarga kamroq tashrif buyurishi hamda ish unumdorligi o‘zgarmasligini aniqlashdan iborat.

Ko‘proq yangiliklar: