Benzinsiz 121-200 km: BYD Seal gibrid sedani sotuvi 6 sentabrdan boshlanadi

Fan-texnika 11:48 / 04.09.2023 59673

Avtomobilning narxi 24 ming dollardan boshlanadi.

BYD Seal DM-i gibrid sedani rasman 6 sentabrdan Xitoy bozorida sotuvga chiqadi. O‘rta hajmli yangi avlod gibrid sedani komplektatsiyasiga qarab 24 mingdan 34 ming dollargacha baholanmoqda.

Avtomobil 6 ta komplektatsiyada xaridorlarga taklif etiladi. 5 ta komplektatsiyada 121 km masofani faqat elektrda bosib o‘tish mumkin. Top versiyada bu ko‘rsatkich 200 kilometrni tashkil qiladi. Avtomobil 100 km tezlikka chiqishi uchun 7,9 soniya kifoya qiladi. 100 km masofaga benzin sarfi esa o‘rtacha 3,9 litrni tashkil qiladi. 

Seal DM-i hajmi shunday: 4980 x 1890 x 1495 mm, g‘ildiraklar bazasi 2900 mm. Gibrid versiya Seal elektromobilidan 180 mm uzunroq, 15 mm enliroq, 35 mm balandroq. 

Avtomobil Qualcomm 7325 platformasi va DiLink 5.0 operatsion tizimi bilan jihozlangan. Sedan 15,6 dyuymli multimediani boshqarish ekraniga ega. Shuningdek, proyeksion displey ham o‘rnatilgan. Ma’lumotlar paneli uchun 10,25 dyuymli ekran javob beradi. Audiotizim Dynaudio kompaniyasi tomonidan yaratilgan.

Ko‘proq yangiliklar: