Jamiyat | 09:37 / 31.08.2023
13201
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Amir Temur ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

Ayrim avtobus yo‘nalishlarining harakati boshqa ko‘chalar orqali tashkil etiladi.

Bugun, 31 avgust kuni «Shahidlar xotirasi maydoni»da tadbir o‘tkaziladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan, Amir Temur ko‘chasining Bog‘ishamol ko‘chasidan Shahriston ko‘chasigacha bo‘lgan qismi yopilishi ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, mazkur ko‘chalardan harakatlanuvchi 97-, 150-, 24-, 50-, 51-, 63-, 91-, 93-, 95-, 140-, 67-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati boshqa ko‘chalar orqali tashkil etiladi.

Mavzuga oid