Jizzax va Qashqadaryoga 50 dona Volkswagen Caddy tez yordam mashinalari yuborildi

Jamiyat 16:48 / 30.08.2023 20242

30 avgust kuni 50 ta Volkswagen Caddy tez yordam avtomashinalarini Qashqadaryo va Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmalari tizimidagi 103 shoxobchalariga yetkazib berish boshlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

A toifali ushbu mashinalar Jizzakh Auto zavodi tomonidan yig‘ilgan. Foydalanilayotganiga 8 yildan oshgan mashinalarni yangilash lozimligi uchun 103 xizmatida eskirgan avtoulovlarni bosqichma-bosqich zamonaviylariga almashtirish choralari ko‘rilmoqda.

2023 yilning yanvarida Respublika tez tibbiy yordam markazi avtoparki 220 ta Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinalari bilan ta’minlangandi. Fevral oyida bu turdagi avtomobillarning yana 117 donadan iborat navbatdagi partiyasi hududlarga taqdim etildi.

Vazirlik xabarida aytilishicha, yil yakuniga qadar yana 610 dona shunday transport vositalari hududlarga yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

Beshinchi avlod A toifali Volkswagen Caddy MQB platformasida ishlaydi. Ular 1,6 MPI atmosferali motor bilan jihozlangan bo‘lib, 6 pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi va 110 ot kuchiga ega. 100 kilometr masofaga avtomobil aralash siklda 7 litr yonilg‘i sarflaydi.

«Eng so‘nggi va zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan bu avtotransport vositalari xalqaro talablarga to‘la mos kelib, uning ichki qismi bemor va tibbiy xodimlarning qulay joylashishi imkonini beradi.

Shuningdek, ular shahar ichida harakatlanish bo‘yicha yuqori texnik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, o‘tuvchanligi, ishonchliligi hamda tejamkorligi bilan ajralib turadi. Eng muhimi, bu avtomobillarda harakatni to‘xtatmay turib ham bemorga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish mumkin», deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Volkswagen Caddy zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan. U xalqaro talablarga to‘la mos kelib, uning ichki qismi bemor va tibbiy xodimlarning qulay joylashishi imkonini beradi.

Ko‘proq yangiliklar: