Tungi smenada ishlash xotira yo‘qolishi xavfini oshiradi – tadqiqot

Jamiyat 15:23 / 29.08.2023 17291

York universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotda smenada ishlash va kognitiv funksiya buzilishi o‘rtasida bog‘liqlik borligi aniqlandi. Bunda 47,8 ming kishining ma’lumotlari va ularning ish joylari haqida ma’lumotlar o‘rganilgan. Ishtirokchilardan kognitiv funksiyaga oid testlar olingan.

Mutaxassislarga ko‘ra, smenali ish sabab kishilarning uyqu ritmi buzilishi o‘rta yoshga borib kognitiv holatga ta’sir qiladi.

Inson tanasidagi har bir hujayra sirkadiyalik soati bo‘yicha (organizmning 24 soat bo‘yicha tabiiy harakati) harakatlanadi. Bunda harakat quyosh sikli bo‘yicha boshlanadi. Quyosh nurining haddan ortiq ko‘pligi yoki kamligi bu ritmning buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Tungi smenada ishlovchilarning asosiy muammosi ham shu. Insonning sirkadiyalik soati juda ko‘p muhim tana vazifalari uchun budilnik vazifasini bajaradi. Bular: uyqu sikli, gormonal harakat, tana harorati, ovqatlanish va hazm qilish kabilar.

Har bir inson tungi vaqtda kamida 7 soat uxlashi kerak. Lekin statistikaga ko‘ra, amerikaliklarning deyarli yarmi me’yor darajasida uxlamaydi. Tungi uyquning buzilishi va sirkadiyalik ritmiga amal qilmaslik boshqa xronologik kasalliklar, shuningdek, semizlikka ham sabab bo‘lishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: