Toshkent markazidagi ko‘chaning bir qismi avtomobillar harakati uchun yopiladi

Jamiyat 08:11 / 29.08.2023 11564

Toshkent shahar Mirobod tumanining Yakub Kolas ko‘chasi hududida 18x6 metr uzunlikdagi 110 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, joriy yilning 28 avgust kunidan 4 sentabr kuniga qadar Yakub Kolas ko‘chasining Mirobod tumani tibbiyot birlashmasi Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi yonidan 20 metr uzunlikdagi (110-umumta’lim maktabi qarshisi) qismi barcha turdagi avtotransport vositalari harakati uchun yopiladi.

Hokimlik haydovchilardan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etgan.

Ko‘proq yangiliklar: