O‘zbekistonda «KAMAZ» uchun mutaxassislar tayyorlanishi mumkin
«KAMAZ» kompaniyasi bilan Toshkent davlat transport universiteti, Olmaliq arxitektura-qurilish texnikumi, Samarqand transport texnikumi hamda Angren shahar 2-son kasb-hunar maktabi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi delegatsiyasi Rossiyaning Tatariston Respublikasidagi «KAMAZ» kompaniyasi hamda professional ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi.
Qayd qilinishicha, delegatsiya a’zolari og‘ir yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi yetakchi zavod faoliyatini o‘rganib, u yerda ishlayotgan o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan uchrashgan. Tanishuv davomida zavodda turli yo‘nalishlarda oliy va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilariga ehtiyoj yuqori ekani va ularni ish joyiga moslashish uchun alohida, bepul o‘quv va tanishtiruv kurslari yo‘lga qo‘yilgani ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, mashinasozlik sohasidagi ko‘p funksiyali amaliy kvalifikatsiyalar markazi, V.D.Potashov nomidagi Texnika kolleji hamda Naberejniy Chelni politexnika kolleji faoliyati bilan tanishildi.
Bundan tashqari, delegatsiya a’zolari «KAMAZ» kompaniyasi rahbariyati va Tatariston Respublikasi Ta’lim vazirligi vakillari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, pedagog kadrlar almashinuvini va stajirovkalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Muloqot yakunida, «KAMAZ» kompaniyasi bilan Toshkent davlat transport universiteti, Olmaliq arxitektura-qurilish texnikumi, Samarqand transport texnikumi hamda Angren shahar 2-son kasb-hunar maktabi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Mavzuga oid

20:45 / 06.05.2025
Sirtqi ta’limga qabul to‘xtatiladi

17:00 / 05.05.2025
«Work and travel» dasturlarida ishtirok etuvchi talabalar uchun ssuda ajratiladi

19:35 / 02.05.2025
Bloomberg: Tramp jamoasi Rossiyaga iqtisodiy bosimlarni kuchaytirish variantlarini tayyorladi

22:09 / 01.05.2025