Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BRICS kengaymoqda. Bu nimani o‘zgartiradi?
BRICS tashkiloti kengaymoqda. Shu paytgacha Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika Respublikasidan tashkil topgan bu tashkilotga yana 6 ta davlat qo‘shilmoqda. Bu yangi davlatlar – Argentina, Misr Arab Respublikasi, Efiopiya, Eron Islom Respublikasi, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari bo‘ladi. Shu paytga qadar faqat beshlikdan iborat BRICS uchun bu katta hodisa. Bu – global jarayonlarga sezilarni ta’sir qiladigan holat.

BRICS bugunga qadar, g‘arbga muqobil bo‘lgan global loyihaga aylanib ulgurdi. BRICSʼdagi iqtisodiy va siyosiy eng qudratli davlat bu – Xitoy. Xitoy Xalq Respublikasi – AQShdan keyingi dunyoning ikkinchi iqtisodiyoti. Qolaversa, XXR va Rossiya – dunyo tartibotini reviziya qilayotgan yoki qilishga moyilligi oshib borayotgan davlatlar hisoblanadi.
BRICS – aksil-g‘arb emas, ya’ni BRICSʼning vazifasi barcha masalalarda faqat kollektiv g‘arbga qarshi turish emas. Lekin BRICS g‘arbga muqobil geoiqtisod, geosiyosat va geomafkura shakllantirish niyatida. Bir so‘z bilan aytganda, g‘arb bilan ham hamkorlik qiluvchi, lekin rasmiy Vashington global hokimiyatining pasayishidan yoki yiqilishidan manfaatdor bo‘lgan davlatlar klubi hisoblanadi.
Endi kelasi 2024 yilda BRICSʼga yangi oltita davlat qo‘shilmoqda. Bu davlatlar ichida uchtasi yaqin o‘tmishda AQShning eng barqaror ittifoqchilari va hamkorlari edi, bular Saudiya Arabistoni, BAA va Misr. Bugungi kunda bu davlatlar Vashingtondan biroz yoki jiddiygina masofa saqlab boshlashdi. Oldingidek Vashington nima desa shuni qiladigan davlatlar emas.
BRICSʼdagi eng vazmin ovoz – Pekinga tegishli. Rossiya esa BRICSʼni g‘arb manfaatlariga qarshi bo‘lgan klubga aylantirish tarafdori. Saudiya, Misr va hatto BAA keyingi yillarda AQShdan arazlagan yoki norozi bo‘lgan davlatlarga aylandi. Argentina esa, ko‘p o‘n yilliklardan beri AQShdan masofa saqlab keladi. Umuman, Lotin Amerikasida Vashingtonga to‘yinganlik va undan masofa saqlashga moyillik har doim yuqori bo‘lgan.
Xo‘sh, BRICSʼning kengayishi nima oqibatlarga olib keladi? Vashingtonga muqobil geosiyosiy qutb yanada kengayadi. Pekinning global komandasi yanada mustahkamlandi. BRICS doirasida, Pekin, Rossiya, Braziliya, Eron kabi Vashingtonga qarshi bo‘lib kelgan davlatlar, to‘liq birlashdi. BRICS AQShning iqtisodiy qudratini pasaytirish bo‘yicha, hamkorlikni kuchaytiradi. Dollar qudratini pasaytirishga imkoniyatlar izlanadi.
BRICS doirasidagi davlatlarning barchasi ham AQShga qarshi emas, balki u bilan ishonchli hamkorlik qiladiganlari ham bor. Bu davlatlar uchun BRICS o‘zining global salohiyatini bozorga solish va geosiyosiy chayqovchilik qilish vositasi hisoblanadi. Hali Saudiya, BAA va ayniqsa, Hindiston ham Vashington bilan aloqalarni pasaytirish niyatida emas. BRICS ular uchun shunchaki global “bozor”: qaysi taraf ko‘proq narx taklif qilsa, o‘sha tomonga o‘tish uchun maydoncha hisoblanadi. Umuman, dunyoda geosiyosiy va geoiqtisodiy raqobat muhiti, juda kuchli oshib bormoqda. BRICS esa, mana shu raqobatni ifodalovchi eng yirik loyihalardan biriga aylanib bormoqda. Hali AQSh qudratli, lekin BRICS – Vashingtonning qudratiga eng ko‘p soya soluvchi loyihaga aylanib borishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 64-sonli avtobus yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:32
-
Kamchatkada 7,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Jahon | 14:53
-
Ko‘paygan suvda cho‘kishlar, ruhiy «nosog‘lom» mintaqa, shifokorlarga hujum va Rog‘un GESidan 20 yillik shartnoma
Jahon | 14:06
-
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi
Jahon | 13:47
Mavzuga oid

21:18 / 19.07.2025
Tramp BRICS tashkilotiga tezda barham berish bilan tahdid qildi

18:48 / 19.07.2025
Konsertdagi lavha yirik kompaniya rahbarining ehtimoliy xiyonatini fosh qildi

17:51 / 19.07.2025
Tramp WSJ nashrini sudga berib, 10 mlrd dollar talab qildi

14:13 / 19.07.2025