O‘zbekiston va Hindiston Samarqandda onkologiya markazi tashkil etishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston elchixonasi, Samarqand viloyati hokimligi va Hindistonning Stemz Healthcare Pvt Ltd kompaniyasi vakillari o‘rtasida video-konferens-aloqa shaklida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».

Foto: Kun.uz
Tomonlar Samarqand shahrida zamonaviy onkologiya markazini barpo etish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Onkologiya markazi zamonaviy va ilg‘or texnologiyalar bilan ta’minlanishi, uning faoliyatiga yuqori malakali mutaxassislar jalb etilishi, o‘zbekistonlik tibbiyotchilarning kasb mahoratini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilishi qayd etildi.
Hind kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaning Samarqand shahriga yaqin muddatlarda safarini tashkil qilish bo‘yicha kelishib olindi.
Bugungi kunda Samarqand shahrida O‘zbekiston-Hindiston ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid

00:10 / 13.03.2025
Hindistonda Rossiyaga aloqador navbatdagi «kripto qiroli» hibsga olindi

16:41 / 12.03.2025
Samarqanddan uchgan samolyot dvigatelidagi nosozlik tufayli aeroportga qaytdi

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

09:32 / 05.03.2025