Veolia Energy Toshkentdagi issiqlik tarmoqlarida texnik audit o‘tkazmoqda
Ish uchun geografik axborot tizimlari va veb-ilovalar yordamida zamonaviy nazorat usullari qo‘llaniladi.

Videodan kadr
Veolia Energy Tashkent kompaniyasi Toshkent shahridagi issiqlik tarmoqlarida texnik audit o‘tkazyapti.
Kompaniya xabariga ko‘ra, auditning joriy ma’lumotlari issiqlik tarmoqlari va inshootlari texnik holatini aniqlash imkonini beradi, shuningdek, issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya dasturini optimallashtirish va shahar issiqlik ta’minoti sxemasini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ma’lum qilinishicha, ish uchun geografik axborot tizimlari va veb-ilovalar yordamida zamonaviy nazorat usullari qo‘llaniladi.
Ushbu ishlar doirasida Veolia Energy Tashkent kompaniyasi texnik xodimlarni yollash va o‘qitishni amalga oshirmoqda.
Mavzuga oid

21:10 / 08.03.2025
Yangiyo‘lda ko‘prikning bir qismi o‘pirildi

09:21 / 08.03.2025
Tez yordam xodimlari uy yo‘lagida tashlab ketgan fuqaroning holati haqida ma’lumot berildi

16:24 / 07.03.2025
“Vahimaga tushmang” - Kadastr agentligi yerlar xitoyliklarga sotilayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

09:32 / 07.03.2025