Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumani iste’molchilarining bir qismi elektr ta’minotidan uzildi
Hozirgi vaqtda mazkur nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Bugun, 11 avgust kuni soat 11:28 da Toshkent shahridagi 35 kVli «L-Parkenskaya-1,2» elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, buning natijasida Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumani iste’molchilarining bir qismi (4500 ta iste’molchi) elektr ta’minotidan uzilgan.
Ma’lum qilinishicha, hozirgi vaqtda mazkur nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Vazirlik keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.
Mavzuga oid

16:13 / 14.03.2025
Tadbirkorlarga elektr va gaz uchun to‘lovlarni onlayn to‘lashga ruxsat berildi

09:40 / 06.03.2025
2,1 mlrd so‘mlik elektrdan o‘g‘rincha foydalangan korxona fosh etildi

14:05 / 05.03.2025
Toshkent va Andijonda 1 mlrd so‘mlik elektrdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

09:02 / 05.03.2025