Raneri Shomurodovning asosiy tarkibda o‘ynamayotgani sababini aytdi
Italiyada yangi mavsum start olishi arafasida Klaudio Raneri «Kalyari» hujum chizig‘idagi holat va Eldor Shomurodov haqida fikrini bildirdi.

Foto: Getty Images
Mavsumning dastlabki rasmiy o‘yini sanalmish Italiya kubogi 1/32 final bosqichi doirasidagi «Palermo»ga qarshi o‘yin oldi matbuot anjumanida Raneri o‘zbekistonlik hujumchi jamoaga moslashayotganini ma’lum qildi.
«Eldor Shomurodovda hammasi joyida, u jamoaga moslashishda davom etmoqda. Lapadula jarohat sababli safdan chiqqani sababli hozirda menda faqat bitta hujumchi bor – Pavoletti. Ya’ni, tanlov katta emas. Shomurodov tayyor, ammo u yaxshi moslashib olishi kerak. Tez orada u 100 foizga tayyor bo‘ladi», - deya italiyalik murabbiyning so‘zlarini keltirgan TuttoCagliari.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli hujumchi «Komo»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (2:1) zaxiradan maydonga tushgan bo‘lsa, «Brest» bilan Fransiyadagi bahsda (1:1) zaxirada qoldirildi.
Avvalroq, kalyariliklarning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi goleadori Janluka Lapadula tizzasidan jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqani ma’lum qilingandi.
Ma’lumot uchun, «Kalyari» - «Palermo» o‘yini 12 avgust, shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi soat 00:15da boshlanadi.
Mavzuga oid

05:16 / 07.03.2025
Yevropa Ligasi. Shomurodovning goli «Roma»ga g‘alaba keltirdi va boshqa natijalar

13:10 / 03.03.2025
«Barselona»dan yana gollar yomg‘iri, «MYu»da yana mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

20:35 / 01.03.2025
Eldor Shomurodov – ilk bor «Roma»da oyning eng yaxshi futbolchisiga aylandi

23:40 / 26.02.2025