Eronning Qeshm Air aviakompaniyasi Tehrondan Toshkentga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi
Reyslar haftasiga bir marta amalga oshiriladi.

Foto: Uzbekistan Airports
9 avgust kuni Eronning Qeshm Air aviakompaniyasi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.
Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, Tehron - Toshkent yo‘nalishida parvoz qilgan Airbus A320 rusumli samolyot suv arkasi bilan kutib olindi. An’anaga ko‘ra, ilk reys shunday qarshi olinadi.
Qayd qilinishicha, reyslar haftasiga bir marta — chorshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Qeshm Air — shtab-kvartirasi Tehronda joylashgan Eron aviakompaniyasi bo‘lib, 1993 yilda tashkil etilgan hamda mahalliy va xalqaro yo‘lovchi reyslarini, shuningdek, charter reyslarini amalga oshiradi.
Mavzuga oid

15:02 / 09.03.2025
Rossiya, Xitoy va Eron Hind okeanida qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazadi

23:36 / 08.03.2025
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

20:41 / 07.03.2025
Tramp Eron yetakchisiga yadroviy dastur bo‘yicha bitim tuzishni taklif qildi

19:05 / 04.03.2025