Kollej va texnikumlar imtihoni uchun fanlar majmuasi, savollar soni va baholash mezonlari tasdiqlandi
2023-2024-o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:
- ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan. Maksimal ball – 11 ball;
- matematika – 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan Maksimal ball – 11 ball;
- O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan. Maksimal ball – 11 ball.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.
Kasb va mutaxassisligiga mos bo‘lgan test sinovi topshiriladigan 2 ta fan bo‘yicha:
- 1-fan – 30 ta savol. Har biri uchun 3.1 balldan. Maksimal ball – 93 ball;
- 2-fan – 30 ta savol. Har biri uchun 2.1 balldan. Maksimal ball – 63 ball.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball. 5 ta fan bo‘yicha maksimal ball 189.
Mavzuga oid

17:45 / 13.01.2025
“Asosan bepul onlayn kurslardan foydalandim” - O‘zbekistonda ilk bor SAT'dan 1600 ball olgan buxorolik 18 yoshli yigit

14:24 / 06.11.2024
“Nega ustimizdan kulishyapti?” – fizika o‘qituvchilari attestatsiya imtihonidan norozi

16:48 / 04.11.2024
Rossiyada migrantlar uchun imtihonlarning yagona narxlari belgilanadi

17:32 / 08.08.2024