Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Arsenal» – Angliya Superkubogi sohibi
«Arsenal» va «Manchester Siti» Yevropada yangi futbol mavsumini ochib berdi.

Foto: Arsenal
6 avgust kuni Angliya chempionatining o‘tgan mavsum chempioni va Angliya kubogi sohibi «Manchester Siti» hamda ikkinchi o‘rin sohibi bo‘lgan Londonning «Arsenal» klublari o‘rtasida Angliya Superkubogi uchun o‘yin bo‘lib o‘tdi. Londondagi «Uembli» stadionida kechgan uchrashuvda Styuart Atvell boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishladi.
Birinchi bo‘limda tomonlar teng o‘yin ko‘rsatishdi, darvozabonlar bir necha martadan o‘zini ko‘rsatishiga to‘g‘ri keldi.
Ikkinchi bo‘limda esa Kevin de Bryuynening maydonga tushishi «Manchester Siti» o‘yinini jonlantirdi va Aaron Ramsdeyl darvozasi oldida xavfli vaziyatlar ko‘paydi. 21 yoshli Koul Palmer 77-daqiqada aynan belgiyalik yarimhimoyachining pasidan keyin hisobni ochdi – 1:0. E’tiborlisi, yosh hujumchi shu kuni o‘yini chiqmagan Erling Holandning o‘rniga zaxiradan maydonga tushgandi.
«Siti» muxlislari bayramni boshlagan bir paytda, uchrashuvning 90+11-daqiqaga kelib Leandro Trossarning zarbasidan keyin to‘p Akanji orqali darvoza to‘riga borib tushdi – 1:1.
Shundan so‘ng jamoalar darhol penaltilar seriyasini boshlashdi. Futbol lotereyasida Kevin de Bryuyne va Rodri xatoga yo‘l qo‘ygach, yakunda Fabiu Viyera hal qiluvchi zarbani aniq amalga oshirdi (4:1) va «Arsenal» mavsumni sovrin bilan boshladi.
«Kanonirlar» o‘z tarixida 17-bor Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Bu borada jamoa Angliya klublari o‘rtasida ikkinchi ko‘rsatkichni qayd etmoqda, oldinda faqat «Manchester Yunayted» (21) bor.
Angliya Superkubogi.
Arsenal – Manchester Siti 1:1. Penaltilar seriyasi: 4:1
Gollar: 0:1 – 77 Palmer, 1:1 – 90+11 Trossar
Arsenal – Remsdeyl, Uayt, Gabriel (Smit-Rou, 87), Saliba, Timber (Tirni, 76), Parti, Edegor, Rays (Nketia, 81), Haverts (Fabiu Viyeyra, 87), Saka, Martinelli (Trossar, 75).
Manchester Siti – Ortega, Uoker, Stounz, Ruben Diash, Akanji, Kovachich (de Bryuyne, 64), Grilish (Foden, 58), Bernardu Silva, Rodri, Holand (Palmer, 64), Alvares.
Ogohlantirishlar: Parti (8), Arteta (17), Haverts (27), Alvares (31), Gabriel (66).

Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi
Iqtisodiyot | 17:48
-
3,7 mln so‘mdan 16,2 mln so‘mgacha – O‘zbekistondagi o‘rtacha oyliklar e’lon qilindi
Iqtisodiyot | 17:37
-
Zomindagi sirli o‘lim tafsilotlari
Jamiyat | 17:26
-
Saratovdagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Qurbonlar bor
Jahon | 16:19
Mavzuga oid

12:21 / 01.07.2025
Klublar mundialida sensatsiyalar kuni. «Siti» va «Inter» turnirdan chiqarib yuborildi

11:59 / 27.06.2025
Vinisius «Real»ni birinchi o‘rinda olib chiqdi, «Siti» «Yuventus»ga 5 ta gol urdi

10:10 / 23.06.2025
«Manchester Siti» «Al-Ayn»ni mag‘lub etdi. Abduqodir Husanov 61 daqiqa o‘ynadi

20:39 / 28.05.2025