Toshkentda tig‘iz vaqtlarda yuk mashinalari harakati cheklanishi mumkin
Toshkent shahar IIBB tomonidan shaharda tig‘iz vaqtlarda yuk mashinalarining harakatlanishini cheklash masalasi o‘rganilmoqda. Ushbu qarorning joriy etilishi, jumladan, poytaxt aholisiga bog‘liq bo‘ladi.

Foto: Kun.uz
IIBB o‘zining telegram-kanalida shu mavzuda so‘rovnoma o‘tkazyapti. Yuk avtomobillarining harakati ertalab soat 07:00 dan 10:00 gacha va kechki soat 17:00 dan 20:00 gacha vaqt oralig‘ida cheklanishi mumkin.
Ayni paytda so‘rovda 4,4 mingdan ortiq kishi qatnashgan, ularning 89 foizi taqiqqa rozi.
Bu birinchi shunday tashabbus emas. Ilgari shahar hokimligi ushbu cheklovni bir necha bor, yanada qattiqroq variantda, ya’ni yuk mashinalari Toshkentga faqat tungi vaqtda kirishi bo‘yicha joriy etishga urinib ko‘rgandi, biroq cheklovlar kiritilmadi.
Mavzuga oid

10:01
2024 yil xalqaro reytingda Toshkent havo iflosligi bo‘yicha 19-o‘rinni egalladi

09:57
Toshkentda isitish mavsumini yakunlash haqidagi qaror «tez orada» qabul qilinadi

04:32
Toshkentda pulli avtoturargohlar uchun maksimal tarif ma’lum qilindi

23:32 / 15.03.2025